Get Mystery Box with random crypto!

​​Serverlarni, biz ishlatayotgan kompyuterlardan nima farqi bo | Informatika va AT

​​Serverlarni, biz ishlatayotgan kompyuterlardan nima farqi bor?
#foydali

Ko'p eshitib qolamiz: Sayt serverini buzishibdi, terminal ishlamayapti server bilan aloqa yo'q ekan, sizning to'lovingiz bizning serverga tushmadi(ayniqsa kommunal to'lovlarda) vahakazo.

Server o'zi nima?
Server ham, siz ishlatayotgan kompyuterga o'xshash temir, uning ham o'z qattiq disklari(HDD), tezkor xotiralari(RAM), protsessorlari(CPU) mavjud. Unga ham Windows, Linux tizimlarini o'rnatishingiz, office dasturlari bilan ishlashingiz, hattoki o'yinlar o'ynashingiz ham mumkin.

Shu yergacha, demak server ham oddiy kompyuter ekan degan xulosaga keldingiz, to'g'rimi?

Davom etamiz, shunday ekan, ular nega kompyuter deyilmasdan aynan server deyiladi, oddiy kompyuterdan nima farqi bor? shu savollarga quyida qisqa-qisqa qilib javob berib o'taman.

Serverlarni, oddiy kompyuterlardan quyidagi asosiy farqlari mavjud:
1.Ko'p protsessorli. Serverlarga bir nechta protsessorlar o'rnatish mumkin, ularning chastotasi, yadrosi, sovutish tizimi oddiy kompyuterlarga qaraganda kattaroq va chidamliroq.
2. Tezkor xotiralar(RAM) soni va sifati ancha yaxshi. Ulanish plankalari 16, 24 ta va undan ko'p bo'lishi mumkin, undan tashqari, server tezkor xotiralari o'z-o'zini to'g'irlash, bufferizatsiya kabi qo'shimcha funksiyalarga ega bo'ladi, ular ancha ishonchli hisoblanadi.
3. Qattiq disklar soni va sifati. Bitta serverga har xil turdagi qattiq disklar ulash mumkin, misol uchun:SATA, SAS, SSD vahakazo. Ularning soni server hajmiga bog'liq bo'ladi: 16,24,48...
4. Blok pitaniya. Serverlar uzoq vaqt o'chmasdan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab, ularga bir nechta blok pitaniyalar o'rnatiladi, biri buzilsa ikkinchisi ishlayveradi.
5. Tashqi tuzilishi. Serverlar hajm jihatidan kattaroq va pishiqroq bo'ladi. Chunki uning ichiga ancha-muncha resurslarni joylash lozim.
6. Sovutish tizimi. Tinimsiz ishlaganligi sababli, serverlarda acha-muncha kullerlar bo'ladi, men ko'rgan serverlarda 8-10 ta kullerlar mavjud edi.
7. RAID Controller. Serverdagi ma'lumotlar juda kerakli bo'lgani uchun, qattiq disklarni nusxalash talab etiladi, bu ishni qilishda serverlardagi RAID kontroller degan mikrosxema yordam beradi.
8. Xizmat ko'rsatish. Serverlarni to'xtatmaslik uchun, ularga ishlab turganda xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilgan, misol uchun: buzilgan blok pitaniyani almashtirish, ishdan chiqqan vinchesterlarni serverni o'chirmasdan almashtirish vahakazo.
9. Boshqarish. Serverlar sovuq xonalarga joylashtirilganligi uchun, ularni o'sha honalarda boshqarmaslik maqsadida, masofadan turib boshqarish imkoniyatlari mavjud.
10. Tarmoq uchun katta imkoniyat. Serverlar bir nechta tarmoqlar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab ularga bir nechta tarmoq kartalari, optik kartalar ulanadi.

Bu farqlar asosiylari, ulardan tashqari boshqa kichik-kichik farqlari ham bor. Narxlarini o'zingiz tassavur qilavering: 2 ta protsessor, 16 ta tezkor xotira, 24 ta qattiq disk, 8 ta kuller, 2 ta blok pitaniya...

Bu yerda serverlarni umumiy tarzda, biroz bo'lsa ham tushuncha bo'lishi uchun qisqa qilib yozib o'tdim. Qiziq bo'lsa, keyinroq shu mavzuni yana yoritaman.

@informatika