Get Mystery Box with random crypto!

​​Juda kerakli sozlashlarni, yorliq ko'rinishida ish stoliga c | Informatika va AT

​​Juda kerakli sozlashlarni, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yish
#ancha_foydali

Ko'p ishlatiladigan dasturlar, xujjatlar, o'yinlar, musiqa fayllari, odatda, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yiladi, bu to'g'ri tanlov, lekin bu bilan ish stolingizni to'latib tashlamang, aks holda u yerdan ham kerakli xujjatlarni topish qiyinlashadi.

Windows tizimini sozlash uchun, ancha imkoniyatlar mavjud, faqat bu imkoniyatlarni qidirib topish lozim. Quyida ba'zi sozlashlarni(ko'p ishlatiladigan) yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yishni ko'rsataman.

1. Ish stolida sichqonchani o'ng tugmasini bosammiz va:
Создать → Ярлык
2
. "Укажите расположение объекта:" qismiga nimani yorlig'ini chiqarish kerakligi yoziladi, quyida qanday kalit so'z yozilsa, nimani yor'lig'ini ish stoliga chiqarish mumkinligini keltirib o'taman:
• ms-settings: - "Параметры Windows" asosiy sozlash oynasini chiqarish;
• ms-settings:display - "Дисплей" ekranni sozlash oynasi;
• ms-settings:sound - "Звук" ovozni sozlash oynasi;
• ms-settings:mousetouchpad - "Мышь" sichqonchani sozlash oynasi;
• ms-settings:network - "Сеть и интернет" tarmoqni sozlahs oynasi;
• ms-settings:personalization-background - "Фон" ish stoli fonini o'zgartirish oynasi;
• ms-settings:personalization-start - "Пуск" menyusini sozlash;
• ms-settings:taskbar - "Панел задач" oynasi;
• ms-settings:dateandtime - "Дата и время" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsupdate - "Центр обновления Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsdefender - "Защитник Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:privacy-accountinfo - "Сведения учетной записи" oynasi;
• ms-settings:easeofaccess-keyboard - "Клавиатура" oynasi;
vahokazo.
3. Kerakligini yozasiz va "Далее".
4. Faylga nom berasiz va "Готово".

Ish stolida siz tanlagan sozlash oynasi paydo bo'ladi, shu orqali kerakli sozlashni tez ishga tushirishingiz mumkin.

@informatika