Get Mystery Box with random crypto!

Qanday kompyuterga, qanday ta'minot bloki (блок питания) kerak | Informatika va AT

Qanday kompyuterga, qanday ta'minot bloki (блок питания) kerak?

Kompyuteringizni kuchaytirish uchun nimalarni almashtirish lozim? degan savolga, ko'pchilikning fikri bir joydan chiqadi: protsessor, tezkor xotira, SSD disk.

Ha, bu javoblar to'g'ri, lekin bularni ishlashiga zamin yaratib beradigan, tok bilan ta'minlab turadigan ta'minot bloki har doim esdan chiqadi.
Ta'minot bloki, kompyuteringizni tez ishlatmaydi, lekin yetarlicha tok berilmasa kompyuter qurilmalari yoki sekin ishlaydi yoki umuman ishlamaydi.

Misol uchun, qattiq disk(HDD)da joy qolmadi, siz yana bitta HDD olib kelib o'rnatasiz va joyingiz kengayadi, lekin shu ikkinchi HDD'ga sizning ta'minot blokingiz yetarlicha tok beraoladimi? shuni hisobga olmaysiz.

Yangi kompyuter sotib olayotganda, uning tashkil etuvchilari(CPU, HDD, RAM) qanday bo'lishini shartta-shartta aytasiz, lekin blok pitaniyaga kelganda, sotuvchiga "a o'ziz tanlab beravering" deysiz.

Demak, siz tanlagan kompyuterga qanday ta'minot bloki kerakligini aniqlaymiz.
1. Power Supply Calculate saytiga kiramiz.
2. Basic bo'limini tanlaymiz.
3. Kompyuteringiz nimalardan tashkil topganini kiritib chiqamiz va Calculate tugmasini bosamiz.
4. Sizga tanlagan kompyuterga tavsiya etilgan ta'minot bloki quvvati chiqadi, misol uchun 450W. Shu raqam asosida ta'minot bloki sotib olasiz.

Sayt inglizcha bo'lgani uchun, ba'zi atamalarni yozib o'taman:
Motherboard - plata, agar oddiy kompyuter bo'lsa Desktop tanlaysiz.
CPU - protsessor, yadroni ahamiyati yo'q, odatda kompyuterlarda 1 ta protsessor bo'ladi.
Memory - tezkor xotira, soni va hajmini tanlaysiz.
Video Cards - video karta.
Storage - qattiq disk, ya'ni HDD

@informatika