Get Mystery Box with random crypto!

Eskiroq Notebook'larga SSD diskni ulash usullari SSD disklar | Informatika va AT

Eskiroq Notebook'larga SSD diskni ulash usullari

SSD
disklar o'zining tuzilishi va tezligining kattaligi hisobiga oddiy HDD disklardan ancha afzal hisoblanadi. Shu sababli, yangi notebook olishda, pulingiz bo'lsa, SSD disk qo'shib olishni unutmang.

Demak, eskiroq notebook'larda SSD disk uchun alohida port yoki alohida joy bo'lmaydi, lekin notebook ishlashini tezlashtirish lozim. Bunday holatda, SSD disk(SATA portli, M2 portli emas) sotib olasiz va quyidagi usullar orqali, SSD diskni notebook'ka ulashingiz mumkin.

1. Notebook'da mavjud HDD diskni olib tashlaysiz va uning o'rniga SATA SSD diskni ulab ishlatasiz. Bu eng oddiy va qo'shimcha ishlarsiz amalga oshiriladigan usul.

2. Sizga ham o'zining HDD diski va yangi olgan SSD disk kerak bo'lsa, eski HDD diskni olib, o'rniga SSD diskni ulaysiz, HDD disk uchun alohida maxsus quti sotib olasiz. HDD diskni, qutiga joylashtirasiz, qutini esa USB port orqali notebook'ka ulashingiz mumkin. SSD, SATA port orqali ishlaydi, HDD esa USB port orqali.

3. Eski notebook'larda DVD-ROM qurilmasi bo'ladi. Hozirda bu qurilma unchalik ishlatilmaydi, shu qurilma o'rniga SSD diskni ulash mumkin. Buning uchun, SSD disk uchun kronshteyn deb ataluvchi quti olasiz.
Notebook ichini ochasiz, DVD-ROM qurilmani olib tashlaysiz va SSD kronshteynga SSD diskni qotirasiz va kronshteyn DVD qurilmasi o'rniga shundayligicha tushadi. Bu holatda, HDD va SSD disklaringiz notebook ichida joylashadi, lekin DVD qurilmadan voz kechasiz.

@informatika