Get Mystery Box with random crypto!

​​Microsoft Word matn muharririda kerakli so'zlarni bir qatorg | Informatika va AT

​​Microsoft Word matn muharririda kerakli so'zlarni bir qatorga yozish
#lifehack

Hozirgi paytda Word dasturi bilan ko'pchilik ishlaydi, rasmiy xujjatlardan tortib, dissertatsiyalar, diplomlar hattoki oddiy ta'tilga chiqish uchun yoziladigan arizalar ham shu dastur orqali yozilmoqda, shu sababli bu dasturdan to'g'ri foydalanish bo'yicha ham postlar yozib turaman.

Ko'pchilik, xat yoki biror xujjat yozayotganda, bir qatorda yozilishi kerak bo'lgan so'zlarni, ikki qator qilib yozib yuboradi, chunki qator oxiriga kelganda, Word probeldan keyin keladigan so'zni keyingi qatorga o'tkazadi, bizga esa, birinchi qator oxiridagi so'z va keyingi qatordagi birinchi so'z bir qatorda yozilishi kerak.
Misol uchun, familiya ism yozayotganda yoki biror ajratilib yozilishi xunuk ko'rinadigan so'zlarda (va hakazo).

Kimgadur bu imkoniyat oddiy tuyulishi mumkin, lekin ko'pchilik shu imkoniyatdan foydalanmaydi va xujjatlarni savodsiz ko'rinishda yozadi.

Yuqoridagi holat bo'lmasligi uchun, kerakli so'zdan so'ng, probel emas, balki CTRL+Shift+probel tugmalari bosish kifoyda qiladi.
Shunda, bu tugmalar bosilishidan oldingi kelgan so'z va keyin keladigan so'z, keyingi qatorga o'tib, bir qatorda yoziladi(agar tushunarsiz bo'lsa, ilovadagi rasmga qarang).

Kompyuterni o'rganishni Word dasturidan boshlang, zero hozirda istalgan ishga kirishda bu dasturni bilish muhim!

@informatika