Get Mystery Box with random crypto!

​​Kimga qanday monitor kerak? #monitor #instruction Xarakteri | Informatika va AT

​​Kimga qanday monitor kerak?
#monitor #instruction

Xarakteristikalarini to'liq yozib o'tirmagan holda(boshilarni oritmaslik uchun), do'konga borib tayyor aytiladigan holda, soha bo'yicha qanday monitor olish kerakligi haqida maslahat berib o'tmoqdaman. Xarakteristikalarini to'liq alohida post qilib yozish niyat bor.

Uyda ishlash va o'ynash uchun monitor xarakteristikasi:
Matritsa: IPS.
O'lchami(diagonal): eng optimal variant  27 dyum.
Razresheniya: WQHD 2560x1440, mablag' kamroq bo'lsa, FullHD 1920x1080.
Ekran o'zgarish chastotasi: 75Hz.
"Время отклика": 3 yoki 5 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9.

Office ishlari uchun:
Matritsa: TN.
O'lchami(diagonal): 24 dyum va undan past.
Razresheniya: FullHD 1920x1080  bundan kattalarni olsangiz ham farqini unchalik sezmaysiz, agar monitor 24 dyum va undan kichik bo'lsa.
Ekran o'zgarish chastotasi: 60 Hz.
"Время отклика": 5 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional o'yinchilar uchun(geymerlar)
Matritsa: VA.
O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland.
Razresheniya: WQHD 2560x1440, cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160.
Ekran o'zgarish chastotasi: 144 Hz.
"Время отклика": 1,2 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional video, audio, tasvir montajchilari uchun:
Matritsa: IPS.
O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland(32 dyum optimal).
Razresheniya: WQHD 2560x1440, agar cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160 (video karta ham qo'llab quvvatlash kerak)
Ekran o'zgarish chastotasi: 120 Hz.
"Время отклика": 3 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9, ulta kenglik bo'lsa 21:9.

Bu tayyor qo'llanma, asosiysi mablag'ingizga bog'liq, lekin bitta olingan monitor ancha xizmat qiladi.

@informatika