Get Mystery Box with random crypto!

Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Telegram kanalining logotibi ijodkorlarkengashi — Yosh ijodkorlar kengashi - Duel Y
Telegram kanalining logotibi ijodkorlarkengashi — Yosh ijodkorlar kengashi - Duel
Kanal manzili: @ijodkorlarkengashi
Toifalar: Siyosat , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 954
Kanalning ta’rifi

Respublika yosh ijodkorlar kengashining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2021-07-28 10:53:11
Nihoyat “Duel” loyihasining barcha hududiy bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

Hududiy bosqichlarda bizga yordam bergan va tanlovda bevosita ishtirok etgan barchaga rahmat!

Endi respublika bosqichiga katta ishtiyoq bilan kirishamiz! Shuning uchun yaqin daqiqalarda kanalimizda so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildik. Bundan asosiy maqsad esa respublika bosqichida hakamlik qiladigan ustozlarni xolis tanlab olish.

Bizga har biringizning fikringiz juda muhim, shaffoflik va adolat bo‘lishi uchun ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

@ijodkorlarkengashi
834 viewsShohruh Najot, edited  07:53
Ochish/sharhlash
2021-07-26 23:36:48
#DuelToshkentFinal

TOSHKENTNING "TOSH" NOSIRLARI

Nihoyat, "Duel" Respublika ijodiy tanlovining hududiy bosqichlari nihoyasiga yetdi. Go‘zal Vodiyda boshlangan safar azim Toshkentda yakun topdi.

Nasr yo‘nalishida ikki bosqichli sinov natijasiga ko‘ra Shavkat Do‘stmuhammad hamda Suhrob Avalboyev juftligi finalda kuch sinashib, kichik ustunlikda Shavkat g‘alaba quchdi.

Toshkent shahri sharafini nasr yo‘nalishida Shavkat Do‘stmuhammad himoya qiladigan bo‘ldi.

Respublika bosqichida ko‘rishguncha. Bizdan uzoqlashmang! Oldinda yangi tanlovlar va yangi bosqichlar kutib turibdi.

"Duel" - "Emas oson bu maydon ichra turmak"

Ko‘rishguncha


https://t.me/ijodkorlarkengashi
2.9K viewsAnvar BOTIR, 20:36
Ochish/sharhlash
2021-07-26 23:29:27
Toshkent shahri nazm bayramiga mehmonlik qildi)

"Duel" ning navbatdagi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Nazm yo‘nalishidagi yangi nomlar esa ancha vaqt yodimizda qoladi.

Toshkent shahri kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ldi. Buni biryo‘la to‘rt nafar ijodkor respublika bosqichiga yo‘l olganidan ham bilib olishimiz mumkin.

Shunday qilib natijalar bilan tanishing.

1-o‘rin:
Shahriyor Shavkat
Suhrob Ziyo
Shoxjoxon Shodmonov
Nozima Habibullayeva

2-o‘rin:
Kumush O‘sarova



Demak, Toshkent shahri sharafini Respublika bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan to‘rt nafar yosh shoir himoya qiladi.

Barcha ijodkorlarga katta rahmat, yana ko‘rishamiz,


BIZ BILAN QOLING!!!

Batafsil: +998998972213

@ijodkorlarkengashi
2.4K viewsShohruh Najot, edited  20:29
Ochish/sharhlash
2021-07-26 20:47:14
Azim Toshkent "Duel" loyihasiga yakun yasab berdi!!!

Badiiy tarjima yo‘nalishi Toshkent shahrida katta munozaralarni keltirib chiqarganiga guvoh bo‘ldik.

Ikkinchi bosqich uchun olti nafar ishtirokchi saralab olingan edi. Ular orasidan ikki nafar ishtirokchi - Muxlisa Xidirova va Rahmat Bobojon final yo‘llanmasiga loyiq ko‘rildi. Va ular orasidagi final "jangi" ham murosasiz kechdi.

Lekin tanlovda bir ishtirokchi g‘olib sifatida tanlanishi kerak edi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, "chempionlik kamari" Rahmat Bobojonga topshirildi.

Demak, respublikada poytaxt sharafini Rahmat Bobojon himoya qiladi.

Barcha ishtirokchilarga katta rahmat. Oldindagi sinovlarda omad tilaymiz.

Batafsil: +998(88) 340 12 06

@ijodkorlarkengashi
806 viewsDuel 3-mavsum, 17:47
Ochish/sharhlash
2021-07-26 15:04:04
Poytaxt tarjimonlari davrada!!!

Hakamlar qaroriga ko‘ra, badiiy tarjima yo‘nalishining final chiptasi Rahmat Bobojon va Muxlisa Xidirovaga berildi.

Poytaxt tarjimonlarining iste'dodi, tilni bilish darajasi hakamlarning alohida e'tirofiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, rassomlarimizga berilgan vaqt ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Yakuniy natijalarni esa tez orada bilib olamiz.

Bugungi kun sensatsiyalar kuni bo‘ladi .

Biz bilan qoling
@ijodkorlarkengashi
2.0K viewsDuel 3-mavsum, 12:04
Ochish/sharhlash
2021-07-26 14:50:28
Nazm yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi juftlik nomi aniqlandi!!!

Tillaniso Nuryog‘di va Suhrob Ziyo "duellashish" uchun sahnaga chiqdi. Ikki iste'dodli shoir, ikki otashin isyon to‘qnashuvi.

Kutamiz, bu mardi maydon, respublika bosqichi yo‘llanmasi eng iste'dodlisiga tutqaziladi.

Natijalarni kutamiz!

@ijodkorlarkengashi
1.8K viewsDuel 3-mavsum, 11:50
Ochish/sharhlash
2021-07-26 14:35:58
Toshkent shahrining nosirlari davrada!!!

Tanlovning nasr yo‘nalishi bo‘yicha final bosqichida Suhrob Avvalboyev hamda Shavkat Do‘stmuhammad "duelga chiqdi".

Ularni hakamlarimiz Nurillo Chori va Azizbek Hakimov baholab boradi.

Hakamlarimizga oson bo‘lmasligi tayin .

Ko‘ramiz, respublika bosqichida ularning qay biri poytaxt sharafini himoya qilarkin.

@ijodkorlarkengashi
1.8K viewsDuel 3-mavsum, 11:35
Ochish/sharhlash
2021-07-21 21:26:27
Hurmatli yosh ijodkorlar! Ertaga 22-iyul Prezidentimiz tomonidan Hayit bayramiga qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani uchun "Duel" tanlovining Toshkent viloyati bosqichi 23-24-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yana bir yangilik, Toshkent viloyati hududi karantin zonasida bo‘lganligi sababli Tanlovning 1-kungi hujjatlar topshirish bosqichi onlayn bo‘lib o‘tadi. Saralashdan o‘tgan ishtirokchilar odatiy tarzda (televizion, yuzma-yuz) bellashadilar.

Qatnashish istagini bildirgan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan NAZM, NASR, BADIIY TARJIMA, TASVIRIY SAN'AT yo‘nalishi ijodkorlari quyidagi ko‘rsatilgan manzillarga ijod namunalari hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat rasmini 23-iyul sanasida yuborishlari talab etiladi.

Nazm @ijodkormatbuot

Nasr @AnvarBotir

Badiiy tarjima @duel3

Tasviriy san'at @dilnazakhon

Ro‘y bergan o‘zgarishlarni to‘g‘ri qabul qilasiz deb umid qilamiz.


https://t.me/ijodkorlarkengashi
2.2K viewsAnvar BOTIR, 18:26
Ochish/sharhlash
2021-07-18 14:29:11 ​​Tanqid – saralamoqdur!
Mahmudxoʻja Behbudiy


EʼLON
Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan “ZULFIQOR” nomli tahliliy, tanqidiy, qiyosiy maqolalalar tanlovini eʼlon qilamiz!


Tanlovda nazm,nasr, tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida koʻzga koʻringan yoshlarning ijodiga munosabat bildiriladi.

Nazm yoʻnalishi gʻolibi uchun –4 000 000.

Nasr yoʻnalishi gʻolibi uchun – 4 000 000

Tasviriy sanʼat yoʻnalishi gʻolibi uchun – 4 000 000

Mazkur tanlov gʻoliblari “Duel” ijodiy loyihasi doirasida oʻtkaziladigan “Qulayotgan mezonlar” deb nomlanagan Respublika anjumanida taqdirlanadi.

Maqolalarni nazm va nasr yoʻnalishida taniqli adabiyotshunos Musulmon Namoz hamda tasviriy sanʼat yoʻnalishida san'atshunos Samandar Egamberdiyev saralaydi.

Muddat:1 oy. 1-avgustgacha qabul yakunlanadi.
Maqolalarni 99 466 34 33 raqamidagi telegram manziliga yuborishingiz soʻraladi.

Roʻyxat:
Nazm:
Bashorat Otajonova, http://t.me/Bashorat_Otajonovagabot
Mansur Jumayev https://t.me/Mansur_Jumayev
Mahfuza Imomova https://t.me/Mahfuza_IMOMOVA_ijodi
Nargiza Odinayeva https://t.me/Nargiza_Odinayeva_ijodi
Madina Norchayeva https://t.me/Madina_Norchayeva
Tillaniso, https://t.me/TillanisoEN
Feruza Xayrullayeva https://t.me/FeruzaXayrullayeva
Nozima Habibullayeva https://t.me/Nozima_Habibullayeva
Zulxumor Orifjonova https://t.me/zulxumor_orifjonova
Mohidil Abdullayeva (bolalar adabiyoti),
Azamat Xudoyberganov (bolalar adabiyoti),
Najmiddin Ermatov, https://t.me/Najmiddin_Ermatov
Nasrullo Ergashev https://t.me/nasrullo_ergash
Begali Eshonqulov https://t.me/bek_ali_ijodi
Xurshid Abdurashid, https://t.me/xurshidabdurashid
Shahriyor Shavkat https://t.me/shahriyor_shavkat
Suhrob Ziyo https://t.me/suhrob_ziyo1
Muhammad Siddiq https://t.me/Muhammad_Siddiq
Rahmat Bobojon https://t.me/Rahmat_Bobojon
Muslimbek Musallam https://t.me/MUSLIMBEK_MUSALLAM
Nurmuhammad Azizov https://t.me/zarif_gussa
Jaloliddin Sayid https://t.me/Jaloliddin_Sayid
Farrux Hasanov. https://t.me/farrux_hasanov
Nasr:
Javlon Jovliyev https://t.me/javlonjovliyev
Sherzod Ortiqov https://t.me/prozamaniya
Nodirabegim Ibrohimova https://t.me/mittihaqiqatlar
Alisher Fayzulla https://t.me/perezagruzka_2021
Bayram Ali https://t.me/BeshinchiTomon
Navroʻza Mahammadxoʻjayeva https://t.me/navroza_m
Tasviriy sanʼat:
Yigitali Sattorov
Baxtiyor Serekiyev
Gulnoz Jalolova
Kamron Jabborqulov
Sardor Erkinov
Isomiddin Eshonqulov

Mazkur roʻyxatdan adabiy jamoatchilik eʼtiborida turgan, ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarning bir qismi oʻrin olgan. Keyingi tanlovlarda yana yangi roʻyxat shakllantiriladi.

Eslatma: Faqat holis yondashing. Maqolangiz quruq maqtov yoki quruq tanqiddan iborat boʻlib qolmasin.
Nomlari keltirilgan ijodkorlarning feysbukda shaxsiy profillari mavjud. Oʻzlari bilan aloqa bogʻlashingiz mumkin.

Maqolalarni “ZULFIQOR” tanloviga deb yuborishni unutmang!
Hammaga omad!
Xabarni tarqatish esingizdan chiqmasin.

@ijodkorlarkengashi
3.5K viewsAnvar BOTIR, edited  11:29
Ochish/sharhlash