Get Mystery Box with random crypto!

Azim Toshkent 'Duel' loyihasiga yakun yasab berdi!!! Badiiy t | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Azim Toshkent "Duel" loyihasiga yakun yasab berdi!!!

Badiiy tarjima yo‘nalishi Toshkent shahrida katta munozaralarni keltirib chiqarganiga guvoh bo‘ldik.

Ikkinchi bosqich uchun olti nafar ishtirokchi saralab olingan edi. Ular orasidan ikki nafar ishtirokchi - Muxlisa Xidirova va Rahmat Bobojon final yo‘llanmasiga loyiq ko‘rildi. Va ular orasidagi final "jangi" ham murosasiz kechdi.

Lekin tanlovda bir ishtirokchi g‘olib sifatida tanlanishi kerak edi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, "chempionlik kamari" Rahmat Bobojonga topshirildi.

Demak, respublikada poytaxt sharafini Rahmat Bobojon himoya qiladi.

Barcha ishtirokchilarga katta rahmat. Oldindagi sinovlarda omad tilaymiz.

Batafsil: +998(88) 340 12 06

@ijodkorlarkengashi