Get Mystery Box with random crypto!

Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Telegram kanalining logotibi ijodkorlarkengashi — Yosh ijodkorlar kengashi - Duel Y
Telegram kanalining logotibi ijodkorlarkengashi — Yosh ijodkorlar kengashi - Duel
Kanal manzili: @ijodkorlarkengashi
Toifalar: Siyosat , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 954
Kanalning ta’rifi

Respublika yosh ijodkorlar kengashining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2021-07-08 21:42:08 ​​«ДУЭЛ» ДАРС БЎЛДИ...

Бугун Республика Ёш Ижодкорлар Кенгаши томонидан ўтказилаётган «Дуэл» танловининг вилоят босқичида бадиий таржима йўналишида қатнашиб ғолиб бўлдим.

Бир томондан хурсанд бўлишга арзийди. Лекин ростини айтганда, ўзимни ғолибликка даъвогар сифатида кўра олмагандим. Тўғри, сиз каминани ижтимоий тармоқлар, уёқ-буёқда эълон қилинган таржима ишлари орқали ҳаминқадар танишингиз мумкин. Бироқ нисбатан таниқли бўлиш ҳеч нарсани англатмаслигини, фақатгина тинимсиз меҳнат кишини юксалтиришини яна бир карра англадим.

Бугунги қатнашчиларнинг ҳар бири илмли, чет тили ва ўз она тилини чуқур биладиган, салкам етилиб қолган мутаржимлар эди. Уларнинг олдида ҳатто финалгача етиб борармиканман деган ваҳима босганини яшириб ўтирмайман. Аслида ҳам шундай бўлди, жуда баҳсли вазиятда бир амаллаб финалга чиқдим. Финалдаги дўстим Комилжон Маматов (@komiljonmamatov_official) менга қараганда суяги қотганроқ, қўли келишганроқ экан. Аммо кутилмаганда ҳакамлар мени ғолиб сифатида эълон қилишди. Менинг биринчи ўринга илиниб қолишимга сабаб (жуда камтарлик қиляпти деб энсангиз қотмасин, чиндан ҳам Комилжоннинг истеъдодига дўстона тан бераман) илгарироқ қилинган шеърий таржималар бўлди. Шеърий ўгирманинг мураккаблиги, алоҳида билим ва маҳорат талаб этилиши жиҳатдан шу қарорга келишганини айтишди.

Ростини айтганда, бугун анчагина ўзимга келдим: ғафлат босган юзимга муздек сув сепилгандай бўлди гўё. Сўнгги пайтларда умуман бошқа масалаларга чалғиб, тирикчилик қилишга берилиб бадииятдан, таржимадан бегонасираб қолганимни яққол сеза олдим. Танқидлар остида қолганим ҳам бекорга эмас. Бир нарса маълумки, мени ғолибликка бир йилча бурун қилинган ўгирмалар етаклади, боиси охирги босқичда эски машқларни ўқиб бердим. Асосийси шуки, дуэл менга кўзгу бўлди, юзимга сергаклантирувчи тарсаки тортди, ўзимга келтирди. Насиб этса вилоят номини муносиброқ ҳимоя қилишга бел боғлайман. Ўз устимда кўпроқ ишлайман.

Виждонан айтганда, Республика босқичида бугун таниган дўстим Комилжон ҳам қатнашишини истардим!

Дуэл мутасаддилари ва ҳакамларига муносиб кўрганлари, «тирилтирганлари» ҳамда янги дўст топишимга сабабчи бўлганлари учун ташаккур!

Эҳтиром ила Шохрух Усмонов

08.07.2021

@sheriston
718 viewsAnvar BOTIR, 18:42
Ochish/sharhlash
2021-07-08 21:18:58
Bolaligim beg’uborligim!

Qashqadaryoning ijodkor rassomlari bilan bellashuv oson kechmadi. Sababi, ijodkorlar bir-biridan mahoratli va ishtiyoqi baland bo‘ldiki, ikkinchi bosqichga o’tgan 11 nafar ijodkordan 4 nafarining kuchlari to‘qnashdi.

Ushbu jarayonning finalchisi deb Abdullayeva Asal va Tursunov Dilmurod topildi!

Final bosqichining 45 daqiqalik bellashuvida o’zining “bolalik” nomli kompozitsiyasi bilan Tursunov Dilmurod 1-o’rinni, Abdullayeva Asal 2-o’rinni egalladilar.

Bizni kuzatishni davom eting va “Duel” bilan Samarqandga yo’l oling!

@ijodkorlarkengashi
808 viewsDilnazаkhon_, 18:18
Ochish/sharhlash
2021-07-08 20:49:07
Qashqadaryoooo!!!

"Duel"ning Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Badiiy tarjima yo‘nalishi qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.

Qashqadaryo ijodkorlari ichida mahoratli tarjimonlarning shakllanib kelayotganiga guvoh bo‘ldik .

Shunday qilib natijalar bilan tanishing.

Final.

Shohrux Usmonov
Komiljon Mamatov

Demak, Qashqadaryo sharafini Respublika bosqichida Shohrux himoya qiladi.

Barcha ijodkorlarga katta rahmat, yana ko‘rishamiz !

Eslatma: 10-11-iyul kunlari tanlovning Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Samarqand yoshlar markazi

Batafsil: +998(88) 340 12 06

@ijodkorlarkengashi
1.1K viewsDuel 3-mavsum, 17:49
Ochish/sharhlash
2021-07-08 16:22:39
1.2K viewsAnvar BOTIR, edited  13:22
Ochish/sharhlash
2021-07-08 14:37:42
Nazm finalchilari bilan tanishing!!!

Nazm yo‘nalishi bo‘yicha finalda Bahodir Bahrom hamda Azizbek Mo‘minov bellashadi.

Bizdan uzoqlashmang
@ijodkorlarkengashi
1.1K viewsDuel 3-mavsum, 11:37
Ochish/sharhlash
2021-07-08 14:23:43
Tilmochlar ham poygada!!!

Badiiy tarjima yo‘nalishida Shohrux Usmonov va Komiljon Mamatov bellashdi.

Shuningdek, rassomlarimizga berilgan vaqt ham o‘z nihoyasiga yetdi. Hakamimiz Jahongir Abdullayev ishlanmalarni baholamoqda.

Buning natijalarini bir necha daqiqalardan keyin bilib olamiz.

Kuzatishda davom etamiz
@ijodkorlarkengashi
1.4K viewsDuel 3-mavsum, 11:23
Ochish/sharhlash
2021-07-08 14:19:30
Nazm yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi yarimfinalchilar nomi aniqlandi!!!

Azizbek Mo‘minov va Jaloliddin Sayid yarim finalda "to‘qnash keldi". Ularning bir-biridan nafis, samimiy she'rlari tomoshabinlarning e'tiboridan chetda qolmadi.

Lekin bu mardi maydon. Ishtirokchilar bisyor, g‘olib faqat bitta.

Natijalarni kutamiz!

@ijodkorlarkengashi
2.0K viewsDuel 3-mavsum, 11:19
Ochish/sharhlash
2021-07-08 14:02:52
Navbat Qashqadaryoning yosh nosirlariga!!!

Tanlovning nasr yo‘nalishi bo‘yicha final bosqichida Bayram Ali hamda Rohilabonu G‘ochchiyeva "duelga chiqdi".

Yo‘nalish hakami Azizbek Hakimovga yengil kechmagani aniq .

Keyingi jarayonlar bizga ham qiziq!

Ko‘ramiz, respublika bosqichida ularning qay biri Qashqadaryo sharafini himoya qilarkin.

@ijodkorlarkengashi
2.0K viewsDuel 3-mavsum, 11:02
Ochish/sharhlash
2021-07-08 13:57:04
Qashqadaryo elida "Duel" tanlovining finali boshlandi!!!

Dastlab Tasviriy san'at ishtirokchilari orasidan Dilmurod Tursunov hamda Asal Abdullayeva final bosqichida "to‘qnash keldi" . Hozirda ular hakamlar tomonidan belgilangan mavzu bo‘yicha rasm chizmoqda. Belgilangan vaqt tugagach, ustozlar xulosasini eshitamiz.

Davradagi qizg‘in jarayon nazm yo‘nalishida davom etdi. Birinchi yarimfinalchilar - Faxriddin Shoto‘rayev va Bahodir Bahrom davrani egalladi.

Loyiha davomidagi birinchi holat, har ikki finalchining kuchi teng kelib qolgani sababli ularga qo‘shimcha vazifa berildi.

Biz esa davom etamiz!

Bizdan yzoqlashmang
@ijodkorlarkengashi
1.3K viewsDuel 3-mavsum, 10:57
Ochish/sharhlash
2021-07-06 18:49:18 ​​Tanqid – saralamoqdur!
Mahmudxoʻja Behbudiy


EʼLON
Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan “ZULFIQOR” nomli tahliliy, tanqidiy, qiyosiy maqolalalar tanlovini eʼlon qilamiz!


Tanlovda nazm,nasr, tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida koʻzga koʻringan yoshlarning ijodiga munosabat bildiriladi.

Nazm yoʻnalishi gʻolibi uchun –4 000 000.

Nasr yoʻnalishi gʻolibi uchun – 4 000 000

Tasviriy sanʼat yoʻnalishi gʻolibi uchun – 4 000 000

Mazkur tanlov gʻoliblari “Duel” ijodiy loyihasi doirasida oʻtkaziladigan “Qulayotgan mezonlar” deb nomlanagan Respublika anjumanida taqdirlanadi.

Maqolalarni nazm va nasr yoʻnalishida taniqli adabiyotshunos Musulmon Namoz hamda tasviriy sanʼat yoʻnalishida saralaydi.

Muddat:1 oy. 1-avgustgacha qabul yakunlanadi.
Maqolalarni 99 466 34 33 raqamidagi telegram manziliga yuborishingiz soʻraladi.

Roʻyxat:
Nazm:
Bashorat Otajonova, http://t.me/Bashorat_Otajonovagabot
Mansur Jumayev https://t.me/Mansur_Jumayev
Mahfuza Imomova https://t.me/Mahfuza_IMOMOVA_ijodi
Nargiza Odinayeva https://t.me/Nargiza_Odinayeva_ijodi
Madina Norchayeva https://t.me/Madina_Norchayeva
Tillaniso, https://t.me/TillanisoEN
Feruza Xayrullayeva https://t.me/FeruzaXayrullayeva
Nozima Habibullayeva https://t.me/Nozima_Habibullayeva
Zulxumor Orifjonova https://t.me/zulxumor_orifjonova
Mohidil Abdullayeva (bolalar adabiyoti),
Azamat Xudoyberganov (bolalar adabiyoti),
Najmiddin Ermatov, https://t.me/Najmiddin_Ermatov
Nasrullo Ergashev https://t.me/nasrullo_ergash
Begali Eshonqulov https://t.me/bek_ali_ijodi
Xurshid Abdurashid, https://t.me/xurshidabdurashid
Shahriyor Shavkat https://t.me/shahriyor_shavkat
Suhrob Ziyo https://t.me/suhrob_ziyo1
Muhammad Siddiq https://t.me/Muhammad_Siddiq
Rahmat Bobojon https://t.me/Rahmat_Bobojon
Muslimbek Musallam https://t.me/MUSLIMBEK_MUSALLAM
Nurmuhammad Azizov https://t.me/zarif_gussa
Jaloliddin Sayid https://t.me/Jaloliddin_Sayid
Farruh Hasanov. https://t.me/farrux_hasanov
Nasr:
Javlon Jovliyev https://t.me/javlonjovliyev
Sherzod Ortiqov https://t.me/prozamaniya
Nodirabegim Ibrohimova https://t.me/mittihaqiqatlar
Alisher Fayzulla https://t.me/perezagruzka_2021
Bayram Ali https://t.me/BeshinchiTomon
Navroʻza Mahammadxoʻjayeva https://t.me/navroza_m
Tasviriy sanʼat:
Yigitali Sattorov
Baxtiyor Serekiyev
Gulnoz Jalolova
Kamron Jabborqulov
Sardor Erkinov
Isomiddin Eshonqulov

Mazkur roʻyxatdan adabiy jamoatchilik eʼtiborida turgan, ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarning bir qismi oʻrin olgan. Keyingi tanlovlarda yana yangi roʻyxat shakllantiriladi.

Eslatma: Faqat holis yondashing. Maqolangiz quruq maqtov yoki quruq tanqiddan iborat boʻlib qolmasin.
Nomlari keltirilgan ijodkorlarning feysbukda shaxsiy profillari mavjud. Oʻzlari bilan aloqa bogʻlashingiz mumkin.

Maqolalarni “ZULFIQOR” tanloviga deb yuborishni unutmang!
Hammaga omad!
Xabarni tarqatish esingizdan chiqmasin.

@ijodkorlarkengashi
1.6K viewsSh_najot, edited  15:49
Ochish/sharhlash