Get Mystery Box with random crypto!

Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Telegram kanalining logotibi ijodkorlarkengashi — Yosh ijodkorlar kengashi - Duel Y
Telegram kanalining logotibi ijodkorlarkengashi — Yosh ijodkorlar kengashi - Duel
Kanal manzili: @ijodkorlarkengashi
Toifalar: Siyosat , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 954
Kanalning ta’rifi

Respublika yosh ijodkorlar kengashining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2021-06-29 15:24:28
"Duel" tanlovi hududdan hududga yangilanib, shijoatlanib bormoqda. Bizni kuting. Sizga kutilmagan tortiqlarimiz bisyor...


Buxoro viloyatidagi birinchi kun shunday o‘tdi! Saralashdan o‘tgan barcha ijodkorlarga telefon orqali xabar beriladi.

@ijodkorlarkengashi
762 viewsShohruh Najot, edited  12:24
Ochish/sharhlash
2021-06-29 08:01:11
"Duel" Buxoroda o‘zi ishini boshladi!!!

Bugun tongdan "Duel" tanlovi uchun buxorolik yosh ijodkorlarning ijodiy ishlarini qabul qilish boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, ijodiy ishlar soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
+998(99) 897 22 13
+998(88) 340 12 06

@ijodkorlarkengashi
876 views𝐅𝐚𝐫𝐫𝐮𝐤𝐡 𝐊𝐡𝐚𝐬𝐚𝐧𝐨𝐯, edited  05:01
Ochish/sharhlash
2021-06-28 18:54:43
Ayni damda Madaniyat va marifat kanalida Duel boshlandi!!!

Yoqimli tomosha tilaymiz!

Onlayn ko‘rish uchun link

https://tas-ix.tv/tv-tasix/89-madaniyat-va-marifat.html

@ijodkorlarkengashi
1.3K viewsShohruh Najot, edited  15:54
Ochish/sharhlash
2021-06-28 16:28:33
Alo Buxoroooooo)

Biz Buxorodamiz va barcha yosh ijodkorlarni kutmoqdamiz.

Kayfiyatimiz a'lo, uni ertaga "DUEL"da Buxoro yosh ijodkorlari yana ham balandlaydi deb ishonamiz.

Ertaga 29-iyun ertaga soat 09:00 dan 16:00 gacha Buxoro yoshlar markazida kutamiz.

Qo‘shimcha ma'lumot
+998883401206
+998993996610



@ijodkorlarkengashi
2.3K viewsShohruh Najot, edited  13:28
Ochish/sharhlash
2021-06-28 12:17:15
"DUEL"ning Xorazm viloyati bosqichi tugallandi. Bu bosqich qanday o‘tdi? Bu haqida qisqacha...

Barcha ijodkorlarga katta rahmat!

Eslatma: 29-30-iyun kunlari tanlovning Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Buxoro yoshlar markazi

Batafsil: +998998972213

@ijodkorlarkengashi
1.5K viewsAnvar BOTIR, edited  09:17
Ochish/sharhlash
2021-06-27 21:49:31
VAZMIN YO‘LDAGI YENGIL XAYOLLAR

"DUEL" tanlovining nasr yo‘nalishi ikkinchi bosqichi ham kutilmagan natija tuhfa qildi.

Katta ustunlikka ega deya qaralayotgan ijodkorlarga kutilmagan kuchli raqiblar paydo bo‘lmoqda. Yana ko‘plab ijodi butun nosirlarni kashf etdik.

Kadirova MOHINUR Xorazm viloyatidagi yangi topilma. Finalda Jumanazar YO‘LDOSHEVni yenggan bo‘lajak nosirimizga omad tilaymiz

Xorazm sha'ni uchun nasrda Kodirova Mohinur kurashadi. Bu nosirlardan ikkinchi qizimiz!

Demak, iqtidorlar yosh tanlamaydi!

Bizni kuzatib boring
https://t.me/ijodkorlarkengashi
2.4K viewsAnvar BOTIR, edited  18:49
Ochish/sharhlash
2021-06-27 18:32:51
She'r o‘qidik minoralarga!

"Duel" ning navbatdagi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Nazm yo‘nalishidagi yangi nomlar esa ancha vaqt yodimizda qoladi.

Xorazm yosh shoirlari ichda o‘z qalamiga va so‘ziga egalari yetarli ekan. Ularda juda katta adabiy muhit, she'riy davra paydo bo‘lish arafasidaligi sezilib turibdi. Hakamlarimiz juda ko‘p bahs-munozaralardan keyin munosib ijodkorni tanlashdi

Shunday qilib natijalar bilan tanishing.

Final.

Ruxsora Saparbayeva - Shixnazar Atabayev 30:28

Demak, Xorazm sharafini Respublika bosqichida Ruxsora Saparbayeva himoya qiladi. Aytgancha, u respublika bosqichiga chiqqan birinchi shoira qiz bo‘ldi)

Barcha ijodkorlarga katta rahmat, yana ko‘rishamiz,


Eslatma: 29-30-iyun kunlari tanlovning Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Buxoro yoshlar markazi

Batafsil: +998998972213

@ijodkorlarkengashi
1.2K viewsShohruh Najot, edited  15:32
Ochish/sharhlash
2021-06-27 17:59:17
Kamalaklar jilosi!

Xorazm hududining “Duel”chisini topdik. Tasviriy san’at yo’nalishi bo’yicha 45 daqiqa davomida duellashgan ishtirokchilarimiz o’z ijodlarini yorqin ranglar bilan namoyon etdilar.

Bunda:
Yakubova Mahbuba 1-o’rin
Nazarova Zuhra 2-o’ringa loyiq deb topildi!


Endi navbat Buxorooo !!!

@ijodkorlarkengashi
900 viewsDilnazаkhon_, 14:59
Ochish/sharhlash
2021-06-27 17:37:40
Loyihaning Xorazm viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

Qisqa vaqt ichida badiiy tarjima yo‘nalishidagi ishtirokchilarning iqtidoriga guvoh bo‘ldik.

Xorazmning yosh tarjimon yoshlari ichida tilni bilish darajasi yuqori bo‘lgan, chet el adabiyotini muntazam kuzatib boradiganlari chin ma'nodagi adabiyot maydonida kurashga kirdi.

Shunday qilib natijalar bilan tanishing .

Finalda Dilrabo Shohnazarova hamda Oltinoy Hayitboyeva juftligi to‘qnash keldi. Ularning har ikkisida til bilish va undan foydalana olish darajasi yuqori edi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra respublikada Xorazm sharafini Oltinoy Hayitboyeva himoya qiladigan bo‘ldi.

Barcha ijodkorlarga katta rahmat .

"Duel"ning esa safari davom etadi.

Eslatma: 29-30-iyun kunlari loyihaning Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tadi. Barcha buxorolik yosh ijodkorlarni kutamiz.

Manzil: Buxoro Yoshlar markazi

Batafsil: +998(88) 340-12-06 @farrukh_khasanov

@ijodkorlarkengashi
989 views𝐅𝐚𝐫𝐫𝐮𝐤𝐡 𝐊𝐡𝐚𝐬𝐚𝐧𝐨𝐯, 14:37
Ochish/sharhlash
2021-06-27 15:03:34
Betakror Xorazmim !!!

Bundan ikki yil oldin men uchun ilk marotaba Xorazmni ranglar dunyosi bilan ko’rish nasib etgandi. “O’zbekiston bahori Xiva 2019” festivali ishtirokchisiga aylanib, Xorazmga keldim. Bu yerda necha yillardan buyon ijodlariga qiziqib, o’zlarini ko’p marotaba qidirib topa olmagan ustozim, Ataxan Allaberganovni uchratishga muvaffaq bo’lgan edim.

Hozir yana Xorazm o’lkasining betakror Xiva shahridamiz, lekin bu safar, ”O’zbekiston bahori” festivaliga emas balki, “Duel” tanlovi uchun keldik. Bu “Duel”da biz Xorazmni topish uchun, Xorazmning haqiqiy ijodkorini ko’rsatish uchun keldik. Huddiki, "Mana mening Xorazmim
!"- degan farzandini qidirmoqdamiz!!!

Xorazmim, mening bag’rikeng makonim, hamon dunyoni o’zingga chorlayverasan, chorlayverasan!

@dilnazakhan
@ijodkorlarkengashi
1.2K viewsDilnazаkhon_, 12:03
Ochish/sharhlash