Get Mystery Box with random crypto!

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi iivjxduz — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal I
Telegram kanalining logotibi iivjxduz — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @iivjxduz
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.27K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti
🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-04-13 19:09:59
G'ijduvon tumani IIB rahbariyati tomonidan "Dilkusho" mahallasida faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha «fuqarobay» ishlashning Buxoro tajribasini tadbiq qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Bunda hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan shart-sharoit va omillar, umumiy, maxsus va yakka tartibda, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma Qarordan kelib chiqqan vazifalar ham belgilab olindi.

@IIVJXDUZ
302 views16:09
Ochish/sharhlash
2023-04-13 19:00:00
#LIVE

“Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Buxoro shahrida keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mahallalardagi profilaktik, probatsiya hisobida turgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan hamda ruhiy kasallarning oila aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Shuningdek kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan aholi muammolari o'rganilmoqda.

Taʼlim muaassalarida turli illatlarning salbiy oqibatlari, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llarini tushuntirishga qaratilgan muloqotlar tashkil etilmoqda.

YHX xodimlari tomonida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

@IIVJXDUZ
483 views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 18:50:00
#LIVE

Buxoro shahar: Profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi

“Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Buxoro shahar IIO FMB JXX HPB VYBIG Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan Buxoro shahridagi 2, 4, 5, 7, 12, 17, 20, 25, 33, 35-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida navbatdagi “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi.

Bunda, maktablar masʼullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar orqali turli illatlarning salbiy oqibatlari, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik, pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini bartaraf etish choralari batafsil tushuntirilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar olib borildi.

Mahallalarda ko‘cha va jamoat joylari, maktablar, korxonalarda yoshlar ishtirokida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida umumiy va viktimologik profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

@IIVJXDUZ
604 views15:50
Ochish/sharhlash
2023-04-12 19:26:52
Hududlarda yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilar oʻrtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Videoda: Namangan viloyati.

@IIVJXDUZ
1.3K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-04-12 18:30:27
Xorazmda oʻquvchilar ishtirokidagi targʻibot tadbirining navbatdagisi Urganch shahridagi 8-sonli maktabda boʻlib oʻtdi

Oʻquvchilarga oʻrgatilgan qoidalar — yoʻllarda xavfsiz harakatlanishlarini taʼminlashda albatta oʻz samarasini koʻrsatadi.

@IIVJXDUZ
1.6K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-04-12 18:28:40
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған билан ўтказган телефон орқали мулоқотда «Togg» бренди остида ишлаб чиқарилган биринчи турк электромобили учун миннатдорлик билдирди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в ходе телефонного разговора с Президентом Турецкой Республики Реджепом Тайипом Эрдоганом выразил искреннюю признательность за представленный первый турецкий электромобиль под брендом «Togg».

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
1.3K views15:28
Ochish/sharhlash
2023-04-12 17:32:34
Жорий йилнинг 12 апрель куни Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири ўринбосари, генерал-майор Бекмурод Абдуллаев Олмалиқ шаҳрига ташриф буюриб, шаҳар ИИБнинг профилактик ҳисобида турган 30 нафар ёшлар билан учрашди. Учрашув давомида ҳар бири билан алоҳида муаммоларини ечиш бўйича қабул ўтказди.

Шунингдек, қабулда ИИВ Жамоат хавфсизлиги департаменти ЙҲХ ва ЖТС хизматлари раҳбарлари, Тошкент вилояти ИИББ раҳбар ходимлари, ҳамда шаҳар сектор раҳбарлари иштирок этиб, ёшларнинг муаммоларига атрофлича ечим топдилар.

@IIVJXDUZ
3.7K views14:32
Ochish/sharhlash
2023-04-12 17:20:28
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Афғонистонга қўшни мамлакатлар ташқи сиёсий идоралари раҳбарларининг навбатдаги учрашувида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган Хитой Халқ Республикаси Давлат кенгаши аъзоси, ташқи ишлар вазири Цинь Ганни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял члена Государственного совета КНР, министра иностранных дел Цинь Гана, прибывшего в нашу страну для участия в очередной встрече глав внешнеполитических ведомств стран-соседей Афганистана.

#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
1.1K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-04-12 16:57:54
Бугун Президент Шавкат Мирзиёевга Туркияда "Togg" бренди остида ишлаб чиқарилган илк миллий электромобиль тақдимот қилинди.

Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған номидан юборилган машина калитини ушбу мамлакат саноат ва технологиялар вазири Мустафо Варанк топширди. Давлатимиз раҳбари электромобиль рулига ўтириб, уни ҳайдаб кўрди.

Сегодня Президенту Шавкату Мирзиёеву представлен первый национальный электромобиль Турции под брендом "Togg".

От имени Президента Турции Реджепа Тайипа Эрдогана ключи от машины вручил министр промышленности и технологий этой страны Мустафа Варанк. Глава нашего государства сел за руль и лично опробовал электромобиль.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
953 views13:57
Ochish/sharhlash
2023-04-12 16:57:49
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси саноат ва технологиялар вазири Мустафо Варанк бошчилигидаги делегация билан ўтказган учрашув кун тартибидан амалий ҳамкорликни кенгайтириш, кооперация лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш ва илгари суриш, инновациялар ва илғор технологияларни жорий қилиш масалалари ҳамда Ўзбекистон-Туркия кенг кўламли стратегик шериклик муносабатларини мустаҳкамлашнинг бошқа жиҳатлари ўрин олди.

Вопросы расширения практического взаимодействия, поддержки и продвижения проектов кооперации, внедрения инноваций и передовых технологий, а также другие аспекты дальнейшего углубления узбекско-турецких отношений всеобъемлющего стратегического партнерства вошли в повестку дня встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с делегацией Турецкой Республики во главе с министром промышленности и технологий Мустафой Варанком.

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
980 views13:57
Ochish/sharhlash