Get Mystery Box with random crypto!

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi iivjxduz — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal I
Telegram kanalining logotibi iivjxduz — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @iivjxduz
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.96K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining telegram kanali.
YouTube - https://www.youtube.com/@JXDUZ

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-04-22 07:09:53
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Jizzax viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi. Mashgʻulotlarda faollarga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha galdagi vazifalar haqida tushuntirish berildi.

Telegram I You Tube
1.0K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-04-22 07:07:06
Samarqand shahrida joylashgan masjidlar atrofida yoʻl belgilari yangilanib, yoʻl yotiq chiziqlari qayta chizildi

Telegram I You Tube
945 views04:07
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:01:54
Namangan viloyati IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi reyd tadbirlari o'tkazildi.

@IIVJXDUZ
657 views16:01
Ochish/sharhlash
2023-04-19 17:21:01
Учтепа туманининг “Катта Қаъни” ва “Қозигузар” маҳаллаларида яшовчи кам таъминланган, ижтимоий ҳимояга муҳтож, “Аёллар дафтари”, “Темир дафтар”, “Ёшлар дафтари”га киритилган фуқаролар учун ифторлик дастурхони ташкиллаштирилди.

@IIVJXDUZ
1.4K views14:21
Ochish/sharhlash
2023-04-19 17:11:12
Аёллар ва болаларга нисбатан содир этилган зўравонликлар учун жазо еучайтирилмоқда

Аёллар ва болаларни зўравонликдан ҳимоялашга оид янги қонун тарғиботи бўйича маҳалла фаоллари, оқила аёллар ҳаракати аъзолари, кўчабошилар иштирокида семинар ўтказилди. Шунингдек, тадбирда Аёлларни реабилитация қилиш ва мослаштириш вилоят маркази раҳбари Ж.Аҳмедова, марказ ҳуқуқшуноси Д.Исмоилова, марказ ижтимоий ходими Л.Мамаджонова, иштирок этишди.
Қонунчилигимизга кўра Хотин-қизлар ва болаларни зўравонликдан ҳимоя қилиш тизими янада такомиллаштирилмоқда. Хусусан, хотин-қизлар ва болаларнинг ҳуқуқларини химоя қилиш бўйича энг замонавий халқаро нормалар ва хорижий тажрибадан келиб чиқиб, нафақат жисмоний балки иқтисодий ва рухий зўравонликка ҳам маъмурий ва жиноий жавобгарлик белгиланмоқда.

Тадбирда сўз олганлар Аёллар ва болаларни зўравонликдан ҳимоялашга оид янги қонуннинг мазмун-моҳиятига тўхталиб ўтишди.

@IIVJXDUZ
1.1K views14:11
Ochish/sharhlash
2023-04-19 17:01:25
Оила-турмуш доирасидаги ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш мақсадида Сирдарё вилояти Мирзаобод туманида "Турмуш" профилактик тадбири давомида низоли оилаларни ўрганиш бўйича мвнзилли ишлар амалга оширилмоқда. Хусусан, Мирзаобод тцмани ИИБ ЖХХ ҲПБ ХҚМБ катта инспектори Д. Шербекова, профилактика инспектори Д. Абдуллаев ҳамда Дўнгариқ мфй хотин-қизлар фаоли С. Тўраевалар томонидан низоли оилаларнинг муаммолари ўрганилиб, уларни соғлом турмуш тарзига ёналтириш, бандлигини таъминлаш бўйича мутасадди ташкилотлар билан ҳамкорликда ишлар ташкиллаштирилмоқда. Улар билансуҳбатлашилиб келгусида қайта ҳуқуқбузарлик содир этмасликлари бўйича расмий огоҳлантирилди.

@IIVJXDUZ
818 views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:51:18
Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori M.Hamrayeva va Gulbahor MFY profilaktika inspektori X.Xoliqov tomonidan Gulbahor MFY dagi Nizoli oilalarning nizo kim tomonidan kelib chiqish sabablari 15 apreldan 15 mayga qadar Turmush profilaktik tadbiri davomida òrganilib kelinmoqda manzilli profilaktika davomida xotin qizlar òrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bandligini ta'minlash, soģlom turmush tarziga yo'naltirish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish bòyicha manzilli profilaktik ishlar olib borilmoqda. Shuningdek Gulbahor MFY da yashovchi D.N. va D.R opa singillar doimiy ravishda oilada janjallashib kelayotganli sababli bir biriga nisbatan Ximoya order berildi va ximoya order qoidalari tushuntirildi.

@IIVJXDUZ
783 views13:51
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:41:18
2019-yil 2 sentyabr kunidagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻrovonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrochiligini ta'minlash borasida Sirdaryo viloyati Xovos tumani Qahramon mahallasidagi doimiy nazoratdagi Nizoli oila òrganildi. Organish davomida Sh.T doimiy turmush òrtoģi tarafidan zòravonlikka uchrab kelayotganligi sababli oilasi Xovos tumani Qahramon MFY xotin qizlar faoli Qahramon mahalla otinoyisi Xovos tumani IIB JXX HPB Xotin qizlar masalasi bo'yicha inspektori M.Hamrayeva Profilaktika inspektori N.Xo'jabekovlar va hamkor tashkilotlar tomonidan òrganildi. Suhbat davomida Sh.T ning taziyiqdan jabr ko'rishiga sabab turmush òrtoģi surunkali ichib kelib oilani tinchligini buzishi orqali nizo kelib chiqishi aniqlandi. holat yuzasidan Sh.T. ning turmush òrtoģiga nisbatan Ximoya order berildi, huquqiy tushunchalar berildi. Kelgusida oilada farovonlik bòlishi uchun mahalla ushbu oilani doimiy nazoratga olishi uchun mahalladan ma'sul murabbiy biriktirildi.

@IIVJXDUZ
811 views13:41
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:32:07
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bosh inspektori guruhining bosh inspektori polkovnik Avazov Jo‘rabek Fayzullayevich boshchiligida ishchi guruh Chimboy tumanidagi 22ta mahallaning har birida bo‘lib “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qarorning mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berdi. Tushuntirish ishlarida o‘zlarining qiziqqon savollariga javoblar oldi

@IIVJXDUZ
868 views13:32
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:21:17
Gurlan tumanidagi mahallalar “beshligi” ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligining ““Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi
—————————————-
Гурлан туманидаги маҳаллалар “бешлиги” иштирокида бўлиб ўтган йиғилишда Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлигининг ““Обод ва хавфсиз маҳалла” тамойили асосида республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш механизмларини белгилаш тўғрисида”ги қўшма қарори ижросини таъминлаш борасида амалга оширилаётган чора-тадбирлар муҳокама этилди

@IIVJXDUZ
865 views13:21
Ochish/sharhlash