Get Mystery Box with random crypto!

G'ijduvon tumani IIB rahbariyati tomonidan 'Dilkusho' mahallas | IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

G'ijduvon tumani IIB rahbariyati tomonidan "Dilkusho" mahallasida faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha «fuqarobay» ishlashning Buxoro tajribasini tadbiq qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Bunda hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan shart-sharoit va omillar, umumiy, maxsus va yakka tartibda, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma Qarordan kelib chiqqan vazifalar ham belgilab olindi.

@IIVJXDUZ