Get Mystery Box with random crypto!

#LIVE Buxoro shahar: Profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib bo | IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

#LIVE

Buxoro shahar: Profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi

“Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Buxoro shahar IIO FMB JXX HPB VYBIG Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan Buxoro shahridagi 2, 4, 5, 7, 12, 17, 20, 25, 33, 35-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida navbatdagi “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi.

Bunda, maktablar masʼullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar orqali turli illatlarning salbiy oqibatlari, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik, pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini bartaraf etish choralari batafsil tushuntirilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar olib borildi.

Mahallalarda ko‘cha va jamoat joylari, maktablar, korxonalarda yoshlar ishtirokida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida umumiy va viktimologik profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

@IIVJXDUZ