Get Mystery Box with random crypto!

IBRAHIM GULYAMOV

Telegram kanalining logotibi ibrahimgulyamov — IBRAHIM GULYAMOV I
Telegram kanalining logotibi ibrahimgulyamov — IBRAHIM GULYAMOV
Kanal manzili: @ibrahimgulyamov
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.39K
Kanalning ta’rifi

Tadbirkor, biznes konsultant va tizimlashtirish bo’yicha mutaxassis
📞71-200-92-92
Admin - @pcgsupport
Biznes Kouching - Tizimlashtirish va xodimlarni boshqarish kursimiz haqida to'liq ma'lumot: https://txb.pcg.uz/?utm_source=telegrambio

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-02-28 14:12:36 Yanada foydaliroq bo'lishimizga hissa qo'shing

Ushbu so'rovnoma xohishlaringizni aniqroq anglashimiz va sizga yanada yaxshiroq xizmat ko'rsatishimiz uchun juda muhim.

Sarflagan 1 daqiqangiz evaziga so'rovnoma so'ngida 3 ta sovg'ani qo'lga kiritasiz.

1. "Biznes egasi va keyingi o'rinda turuvchi rahbarlarning bajaradigan 42 ta vazifasi."
2. "Savdo pasayishining 63 ta sababi"
3. "Mahsulotingiz va mijozingiz haqida 71 savol" nomli PDF qo'llanma.

So'rovnomani to'ldirish Havola

@ibrahimgulyamov
2.3K viewsedited  11:12
Ochish/sharhlash
2023-02-27 13:50:22 Biznesda pul tejab bo'lmaydigan 4 ta narsa

Umumiy qoida shuki, nima korxonaga pul keltirsa, shundan pul tejab bo'lmaydi. Keling birma-bir ko'rib chiqamiz.

1. Marketing hamda reklama: Chunki u mijozlar oqimini keltiradi. Mijozlar oqimi bilan esa pul keladi.

Biroq marketing va reklama doimiy o'zgaruvchan jarayonlardir. Kecha ishlagan narsa bugun ishlamasligi mumkin.

Shuning uchun, kompaniyalar yangi instrumentlar va iste'molchilarning o'zgarishlariga moslashishi kerak.

2. Sifatli kadrlardan pul tejab bo'lmaydi. Ular siz bilan uzoq vaqt qolishlari uchun ularga sharoit yaratishingiz kerak. Chunki ular biznesingizdagi eng qimmatli aktiv hisoblanadi.

3. Mahsulot va servisning sifatidan pul tejab bo'lmaydi. Aslida ular shu uchun sizdan xarid qiladi.

Ajoyib mahsulotni yaratish bilan cheklanib bo'lmaydi. Har doim mahsulot va xizmatlaringizni yaxshilash yo'llarini topishingiz kerak.

4. Biznes egasining ilm olishidan pul tejab bo'lmaydi. Tadbirkor faqat o'z bilimi va tajribasiga ishonib qolmasligi kerak. Tezkor va to'g'ri qaror qabul qilish uchun yangi ko'nikmalar talab qilinadi.

Yuqorida sanalgan 4 element biznesingizning ustunlari hisoblanadi. Ustunni mustahkamlashdan tejalgan mablag'ingiz, biznesingizni qulatishi mumkin.

Nima deb o'ylaysiz, biznesda yana nimalardan pul tejab bo'lmaydi? Kommentariyada fikrlaringizni qoldiring!

@ibrahimgulyamov
2.7K viewsedited  10:50
Ochish/sharhlash
2023-02-24 13:50:51 Sifat yaxshi, reklama ishlayapti, lekin xarid kam

Bugun ushbu muammoning eng ko'p uchraydigan sabablarini aytib bermoqchiman.

1. Marketingdagi xatolar: Maqsadsiz auditoriya, noto'g'ri tanlangan bozor, tushunarsiz taqdimot va sifatsiz reklama.

2. Sotuv bo'limidagi xatolar: Sotuv menejerlari mijozlar bilan ishlay olmasligi, CRM tizimi o'rnatilmagan. Qayta aloqa tashkil qilinmagan. Sifat nazorati yo'q.

Sotuvchilar aniq belgilangan maosh evaziga ishlaydi. Ularga qo'shimcha bonus KPI va motivatsiya o'rnatilmagan. Bunday hollarda menejerlar uchun sotuvlar hajmi qiziq bo'lmasligi mumkin.

3. Raqobatchilar: Bozorda mahsulotingizning alternativ variantlari paydo bo'lishi, raqobatchilar narxni (sun'iy) sindirish holatlari.

4. Bundan tashqari, tashqi faktorlar ham savdoni pasayishiga ta'sir qiladi. Misol uchun tabiiy ofatlar, kutilmagan favqulotda vaziyatlar shular jumlasidandir.

@ibrahimgulyamov
2.0K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-02-23 14:09:38 Nima deb o'ylaysiz?

Sifat yaxshi, reklama ishlayapti, lekin xarid kam. Muammo nimada?

Fikringizni izohda yozib qoldiring.

@ibrahimgulyamov
1.3K views11:09
Ochish/sharhlash
2023-02-20 18:26:30 Bugun sizlarga "Идеальный руководитель" kitobidagi bir foydali ma'lumotni aytib bermoqchiman.

Kitobda aytilishicha, ideal rahbarlarda quyidagi 4 xil element mavjud bo'ladi.

1. Natijaviylik
2. Boshqaruvchanlik
3. Tadbirkorlik
4. Integratorlik

Qizig'i shundaki, bu elementlar bir vaqtning o'zida bir insonda uchrashi kam uchraydigan holat ekan.

Kitobdan olinadigan xulosa shuki, ideal rahbar bo'lishga emas, ideal jamoa tuzishga harakat qilish kerak.

Ya'ni ideal rahbardagi 4 elementni o'zingizda kashf qilgandan ko'ra, shunday qobiliyatli xodimlarni ishga yollashingiz siz uchun manfaatliroq bo'ladi.

"Ицхак Адизес"

@ibrahimgulyamov
1.3K views15:26
Ochish/sharhlash
2023-02-19 12:47:21 "Biznes Kouching: Tizimlashtirish va xodimlarni samarali boshqarish" dasturining 3-darsi bo'lib o'tmoqda.
1.4K views09:47
Ochish/sharhlash
2023-02-14 15:24:21
Turkiyaning kuchli zilziladan katta talafot ko‘rgan hududlarida aholiga issiq ovqat tarqatish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.

O‘zbekiston yoshlar tashkiloti hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu xayrli tadbirda vatandoshlarimiz — bir guruh oshpazlarimiz hamda ko‘ngillilar ishtirok etishmoqda.

“Chin do‘st kulfatda bilinadi”, deya bejiz aytilmagan. Qardosh mamlakatda sodir bo‘lgan hodisaga befarq bo‘lmayotgan barchaga rahmat deymiz! Xayrli ishlarida esa kuch-quvvat tilab qolamiz.
1.6K views12:24
Ochish/sharhlash
2023-02-13 12:14:12 Davron Turdiev bilan infobiznes haqidagi podkastimiz tayyor bo'ldi

"Eng qimmat kursim 40 000$ ga tushgan"
— "Ishchi bo'lib ishlab yurgan paytlarimda daromadim 2 000 barobarga oshgan"
— "Professional tadbirkor biznesni o'rgata oladi degani emas"

Batafsil videoni YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin
2.4K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-02-12 13:46:12 Hozirda bo’lib o’tayotgan "Biznes Kouching: Tizimlashtirish va xodimlarni samarali boshqarish" dasturidan video lavhalar.
1.5K views10:46
Ochish/sharhlash
2023-02-09 09:07:36
Faqat reklama qilish bilan foyda ko'rmaysiz!

Aniq mijozlaringiz bor joyda reklama berish va mijoz oqimini tashkil qilishni istasangiz...

"Perfect Consulting Group" kompaniyasi sizni hamkorlikga taklif qiladi:

- 200 ga yaqin tadbirkor insonlarga o'z mahsulotingizni reklama qilish imkoniyati;
- O'z brendingizni qisqa vaqt ichida tanita olasiz;
- O'z mahsulot yoki xizmatingizga ishontira olasiz;
- Qiynalmasdan sota olish imkoniyati;

Shu imkoniyatga ega bo'lish va savdoyingizni oshirmoqchi bo'lsangiz

Birinchi qadamingiz juda muhim

Shoshiling joyimiz soni oz qolgan!

Hamkorlik qilish:
@PR_Partnership_PCG

Telefon raqam: 990104990
1.5K viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash