Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyaning kuchli zilziladan katta talafot ko‘rgan hududlarid | IBRAHIM GULYAMOV

Turkiyaning kuchli zilziladan katta talafot ko‘rgan hududlarida aholiga issiq ovqat tarqatish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.

O‘zbekiston yoshlar tashkiloti hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan ushbu xayrli tadbirda vatandoshlarimiz — bir guruh oshpazlarimiz hamda ko‘ngillilar ishtirok etishmoqda.

“Chin do‘st kulfatda bilinadi”, deya bejiz aytilmagan. Qardosh mamlakatda sodir bo‘lgan hodisaga befarq bo‘lmayotgan barchaga rahmat deymiz! Xayrli ishlarida esa kuch-quvvat tilab qolamiz.