Get Mystery Box with random crypto!

IBRAHIM GULYAMOV

Telegram kanalining logotibi ibrahimgulyamov — IBRAHIM GULYAMOV I
Telegram kanalining logotibi ibrahimgulyamov — IBRAHIM GULYAMOV
Kanal manzili: @ibrahimgulyamov
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.39K
Kanalning ta’rifi

Tadbirkor, biznes konsultant va tizimlashtirish bo’yicha mutaxassis
📞71-200-92-92
Admin - @pcgsupport
Biznes Kouching - Tizimlashtirish va xodimlarni boshqarish kursimiz haqida to'liq ma'lumot: https://txb.pcg.uz/?utm_source=telegrambio

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-24 18:45:50 Ustoz tanlashda ikkita ko'rsatkich mavjud bo'lib, ular barcha faoliyat turi uchun birdek tavsiya qilinadi.

Birinchi navbatda ustozning shogirdlaridagi natijalarga e'tibor bering. Chunki ustozning natijasini shogirdi belgilab beradi.

Ikkinchisi esa ustozning o'zidagi natijalar. Ustozning qadriyatlari va dunyoqarishi mos kelsa bunday ustozni tanlashingiz mumkin.

Ba'zida ustozning bilim va tajribasi yaxshi lekin qadriyati mos kelmasligi mumkin.

Agarda xuddi shu bilimni bera oladigan boshqa ustozlar topilmasa bunday ustozdan ham bilimlarini olish mumkin.

Siz ustoz tanlashda qaysi ko'rsatkichga tayanasiz?

@ibrahimgulyamov
1.8K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-22 17:06:50 40,000 dollarga tushgan o'qishim

Asal deganda ongimiz beixtiyor shirin ta'mni tasavvur qiladi. Mana shu shirinlik achchiq guldan olinishi ham bir mo'jiza.

Men taxir nektarni shirin asalga aylantirib beruvchi asalarilarni ustozlarga qiyoslayman.

Ustozlar ham asalari singari bilimlarni o‘z tajribasidan va turli manbaalardan oladilar.

Bu boshqalar uchun murakkab va tushunarsiz bo'lishi mumkin, ammo ustozlar ularni bizga tayyor qo'llanma sifatida taqdim qiladilar.

Bu esa bizni yaxshiroq bo'lishga, maqsadlarimizga erishishga va salohiyatimizni ro'yobga chiqarishga yordam beradi.

Avvalgi videolarimda $40,000 ga tushgan o'qishim haqida ko'pchilik so'rashdi. Bugun shunga javob beraman.

U "Visotskiy Consulting" Qozog'iston filialidagi yillik dasturi bo'lgan. Umumiy xarajatlar bilan $40,000 ga tushgan.

Sizga tavsiyam o'z yo'nalishingiz bo'yicha ilm olishdan to'xtamang. Doim izlanishda bo'ling.

Yana savollaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring. Ular orasidan eng yaxshi va aniq berilgan savolga javob beraman.

@ibrahimgulyamov
1.0K views14:06
Ochish/sharhlash
2023-03-18 08:55:11
www.mufeed.uz
www.invest.uplift.uz
www.zakotim.uz
www.islommoliyasi.uz

@chiroylimoliya
@jahon_insights
@islommoliyasi

Zoom га ҳавола 18 март шанба куни @chiroylimoliya каналида берилади. Яқинларингиз билан улашинг
911 views05:55
Ochish/sharhlash
2023-03-17 16:15:32 "Programmamiz qanday bo'lishini bilmagan edik. Biz boshladik undan keyin yo'l va imkoniyat ochilib boraverdi" - bu Facebook asoschisi Mark Sukerbergning gaplari edi.

Biznesda butun jarayonni oldindan ko'rish imkoni yo'q. Har bosgan qadamingiz sizga yangi imkoniyatlarni ochib boraveradi.

Eng muhimi qayerga ketayotganingiz aniq bo'lsa bas.

Endi aytingchi, biznesingizni qayerga ketayotganini qanday va nima yordamida nazorat qilasiz?

@ibrahimgulyamov
1.7K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-03-17 13:13:47 Bugun oxirgi kun

Xabaringiz bor "Sof foydani oshirish" mavzusidagi Biznes Kouching dasturimiz 30-aprelda start oladi.

1,5 oy davomida marketing va sotuvning sinalgan texnikalariga ega bo'lasiz.

Ayni paytda 35% lik chegirma amalda va bugun chegirmaning oxirgi kuni.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting va imkoniyatdan foydalanib qoling.

@ibrahimgulyamov
2.0K views10:13
Ochish/sharhlash
2023-03-15 17:11:45 Biznes egasiga bepulga tushishi mumkin bo'lgan eng qimmatli konsultatsiya bu o’zining xodimlaridan eshitgan ma'lumotidir.

Ayrim payt shunday qimmat ma'lumotlar bo'ladiki, biznes egalari bu muammolarga shunchaki e'tibor qaratmaydi.

Hurmatli biznes egalari, korxonangiz ichidagi vaziyatni xodimlaringiz sizdan ko'ra yaxshiroq biladi. U ma'lumotlarni jamlashning eng qulay usuli - bot yaratish. Bot orqali xodimlar e'tiroz, taklif va g'oyalarini (anonim) yuborishlari mumkin.

Ular orasidan eng zo'r g'oya egalariga ya'ni g'oya bilan birga yechim bergan xodimga pul mukofoti belgilang.

Aniq ayta olamanki, qisqa vaqt ichida biznesingizdagi muammolarga yechim bo'luvchi ko'plab taklif va g'oyalar qo'lingizda bo'ladi.

@ibrahimgulyamov
1.1K views14:11
Ochish/sharhlash
2023-03-15 16:32:16 Xitoyga borganimda choy sotib olmoqchi bo'lib, do'konga kirdim.

Choy narxini so'raganimda, sotuvchi avval meni stolga taklif qildi va har xil choylarni ichirdi. Qisqasi yarim soatcha vaqtimni oldi.

Olmaslikni iloji qolmadi.

Narxni qimmat desam ham arzonini ko'rsatib, o'zi ko'rsatgan choyni, aytgan narxida sotdi.

Bu olishdan oldin berish texnikasi edi. Bu hali marketingdagi bitta texnika xolos.

Siz ham sotuvlaringizni va ular orqali sof foydangizni oshirishni istasangiz unda marketing va sotuv bilimlari kerak bo'ladi.

Ularni esa 1,5 oylik "Sof foydani oshirish" Biznes Kouching dasturida topasiz.

Bugun, erta va indin 35% chegirma amal qiladi.

To'liq ma'lumot bu yerda

@ibrahimgulyamov
1.4K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-03-13 15:58:10 Vaqt o'tgan sayin ko'p yillik xodimlarning ko'pchiligida ishga bo'lgan mas'uliyati pasayib boradi. Uni ishda ushlab turish biznesga zarar keltirsada, ishdan bo'shatishga ko'zingiz qiymaydi.

Bunday hollarda qanday to'g'ri yo'l tutish kerakligini aytsam...

1. Muammolarni muhokama qiling: Nima uchun yomon ishlayotganini so'rang. Ehtimol u ishdan tashqari muammolarga duch kelgandir. Nima bo'lganda ham bu holat uzoq davom etmasligini tushintiring. O'zini yaxshilashga vaqt va imkon bering.

2. Balki xodimingiz o'z yo'nalishini hali topa olmagan yoki undagi mas'uliyat og'irlik qilayotgan bo'lishi mumkin. Siz bu holatda uni boshqa lavozimga o'tkazib, imkoniyatiga mos vazifa berib ko'ring. O'zini boshqa yo'nalishda sinab ko'rishga imkon being.

Agar bu urunishlar ham naf bermasa demak u "komfort zona" ga tushib qolgan. U yerdan chiqarish uchun nima qilish kerak...

Bunday holatda uni ishdan bo'shating. Albatta "endi menga kerak emassan" deb emas.

Balki u bilan kelishgan holda o'z biznesini ochishga maslahat va moddiy yordam berishingiz mumkin.

Qush polaponini mustaqil parvozga tayyorlash uchun uni indan itarib yuboradi. Siz ham ishdan bo'shatish orqali ko'p yillik xodimingizga mustaqil hayotga yo'l ochib bergan bo'lasiz.

@ibrahimgulyamov
1.2K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-03-10 16:24:14 Agar rahbar sizni eshitmasa, nima qilish kerak?

Ehtimol, siz o'z fikrlaringizni aniq va bir jumlada ifodalay olmayotgandirsiz.

Balki juda murakkab "tilda"gapirayotgan bo'lishingiz ham mumkin.

Rahbar sizni yaxshiroq tushunishi uchun quyidagilar yordamida nutqingizni yaxshilang.

1. Suhbatga oldindan tayyorlaning: Sodda va tushunarli so'zlardan foydalaning.

2. Fikrlaringizni aniq raqam va dalillar bilan bayon qiling. Taklif qilayotgan g'oyangiz va uning natijalarini batafsil yoritib bering.

3. Taxmin va gumon bilan gapirmang. Har bir gapingizga argument keltiring.

4. Doim yechim bilan keling: Muammoni aytish yoki shikoyat qilish bilan birga uni tuzatish bo'yicha taklif ham bering.

5. Shuningdek, rahbarga murojaat qilishingizga yordam bera oladigan boshqa rahbarlar (hamkasblar) bilan yaqin bo'ling.

Sizdan ko'ra rahbarga yaqinroq hamkasblaringiz sizga to'g'ri maslahat va yordam bera oladilar.

Agar shunda ham rahbaringiz sizni eshitmasa, siz u yerda ishlashga majbur emassiz.

Sizni eshitadigan boshqa joyga boring, g'oyalaringizni ayting va o'sha yerda rivojlaning.

@ibrahimgulyamov
1.6K views13:24
Ochish/sharhlash
2023-03-10 16:23:34
Qurilish kompaniyalari uchun effektiv sotuvni amalga oshiruvchi instrument

Bu gal Perfect Media yanada o’zgacha yondashuvda "Wonstroy" kompaniyasi uchun brending xizmatlarini taqdim etdi.

Bundan asosiy maqsad esa "Wonstroy" brendiga individual “Biznes Upakovka”ni taqdim etish bo’ldi.

Siz ham bizning mijozimizga aylaning va xohish-istagingiz kabi BIZNES UPAKOVKAga ega bo’ling!

BEPUL KONSULTATSIYA uchun hoziroq qo’ng’iroq qiling yoki ro'yxatdan o'ting.
71 200-64-64

Ro'yxatdan o'tish

Telegram | Telegram bot | Instagram |
1.3K views13:23
Ochish/sharhlash