Get Mystery Box with random crypto!

Biznesda pul tejab bo'lmaydigan 4 ta narsa Umumiy qoida shuki | IBRAHIM GULYAMOV

Biznesda pul tejab bo'lmaydigan 4 ta narsa

Umumiy qoida shuki, nima korxonaga pul keltirsa, shundan pul tejab bo'lmaydi. Keling birma-bir ko'rib chiqamiz.

1. Marketing hamda reklama: Chunki u mijozlar oqimini keltiradi. Mijozlar oqimi bilan esa pul keladi.

Biroq marketing va reklama doimiy o'zgaruvchan jarayonlardir. Kecha ishlagan narsa bugun ishlamasligi mumkin.

Shuning uchun, kompaniyalar yangi instrumentlar va iste'molchilarning o'zgarishlariga moslashishi kerak.

2. Sifatli kadrlardan pul tejab bo'lmaydi. Ular siz bilan uzoq vaqt qolishlari uchun ularga sharoit yaratishingiz kerak. Chunki ular biznesingizdagi eng qimmatli aktiv hisoblanadi.

3. Mahsulot va servisning sifatidan pul tejab bo'lmaydi. Aslida ular shu uchun sizdan xarid qiladi.

Ajoyib mahsulotni yaratish bilan cheklanib bo'lmaydi. Har doim mahsulot va xizmatlaringizni yaxshilash yo'llarini topishingiz kerak.

4. Biznes egasining ilm olishidan pul tejab bo'lmaydi. Tadbirkor faqat o'z bilimi va tajribasiga ishonib qolmasligi kerak. Tezkor va to'g'ri qaror qabul qilish uchun yangi ko'nikmalar talab qilinadi.

Yuqorida sanalgan 4 element biznesingizning ustunlari hisoblanadi. Ustunni mustahkamlashdan tejalgan mablag'ingiz, biznesingizni qulatishi mumkin.

Nima deb o'ylaysiz, biznesda yana nimalardan pul tejab bo'lmaydi? Kommentariyada fikrlaringizni qoldiring!

@ibrahimgulyamov