Get Mystery Box with random crypto!

IBRAHIM GULYAMOV

Telegram kanalining logotibi ibrahimgulyamov — IBRAHIM GULYAMOV I
Telegram kanalining logotibi ibrahimgulyamov — IBRAHIM GULYAMOV
Kanal manzili: @ibrahimgulyamov
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.39K
Kanalning ta’rifi

Tadbirkor, biznes konsultant va tizimlashtirish bo’yicha mutaxassis
📞71-200-92-92
Admin - @pcgsupport
Biznes Kouching - Tizimlashtirish va xodimlarni boshqarish kursimiz haqida to'liq ma'lumot: https://txb.pcg.uz/?utm_source=telegrambio

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-03-07 14:36:03 Dangasalikni yengish uchun 3 ta maslahat

1. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam dangasalikdan panoh so'raganlar, biz ham panoh so'rashimiz kerak.

2. Dangasalik bo'lishiga sabab - maqsadni yo'qligi. Energiya yo'q, harakatga intilish yo'q. Miyamiz aytadiki nima qilasan harakat qilib, maqsadni o'zi bo'lmasa yotaver deydi. Ya'ni bizda harakat qilishimizga motiv yo'q, shuning uchun maqsadlar qo'yishimiz kerak. Qanchalik maqsadingiz katta bo'lsa, shuncha Alloh sizga o'sha maqsadni amalga oshirishga quvvat beradi.

3. Yaxshi olmani chirigan olmalar orasiga solsangiz u ham chirishni boshlaydi. Dangasalikni bartaraf etish uchun, dangasa odamlardan uzoqlashish kerak bo'ladi. Ular: uni qilma, erishib bo'lmaydi degan gaplar bilan sizni to'xtatib qolishadi. G'ayratli, maqsadi bor, intiluvchan odamlar davrasiga qo'shiling. Ular sizni avtomatik tarzda dangasalikdan chiqarib tashlaydi.

Siz dangasalikni yengishni yana qanday usullarini bilasiz? Kommentariyada fikrlaringizni qoldiring!

@ibrahimgulyamov
1.8K views11:36
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:37:38
Xodimlar nega o'g'rilik qilishini bilib oling

Biznes o'sib borishi bilan, hisobotdan tashqari xarajatlar, moliyaviy yo'qotish hamda o'g'ri xodimlarning paydo bo'lish ehtimoli ortadi.

Aslida xodimlar o'g'ri bo'lib ishga kirmaydi. Xodimlar o'g'rilik qilishiga ko'pincha biznes egasining o'zi sababchi bo'ladi.

Ya'ni korxonasidagi jarayonlar ishonch asosida boshqariladi va hisob-kitob choralari ko'rilmaydi.
Tabiiyki, bunday ehtiyotsizlik o‘g‘rilikga sharoit yaratadi.

Bu esa kompaniyaning moliyasi va obro‘siga zarar yetkazmay qolmaydi.

Xo'sh, korxonalarni o'g'rilikdan himoyalash uchun nima qilish kerak desangiz...

Yechimi oddiy:
1. Korxonagizni tizimlashtiring
2. Jarayonlarni avtomatlashtiring
3. Buxgalteriya hisobi va kuzatuv tizimlarini tashkil qiling
4. Korporativ madaniyatni joriy qiling
5. Yangi xodimni ishga olishdan oldin, maxsus testlar va suhbat yordamida filtrdan o'tkazing. Oldingi ish joyini surishtiring.

Bular yordamida siz o'z biznesingizni o'g'ri xodimlardan himoya qilishingiz mumkin.
1.4K views15:37
Ochish/sharhlash
2023-03-06 14:34:00 Ayrim xodimlarning o'g'rilik qilishiga nima sabab deb o'ylaysiz?

O'z fikrlaringizni kommentariyada yozib qoldiring.
817 viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2023-03-04 17:25:41 Biznes egalari, diqqat qilib o'qing!

Agar siz "Biznes egasi hamma narsani bilishi kerak" - deb o'ylasangiz...

Adashasiz.

Aslida, korxonangizdagi har bir ishni chuqur bilishingiz shart emas.

To'g'rirog'i bu xodimlaringizning vazifasi.

Siz esa o'z ishini ustasi bo'lgan mutaxassislarni topish, ishga yollash, ularga topshiriq berish, ishini nazorat qilish, ularga talab va taklif beradigan darajada fundamental bilimlarni bilishingiz kerak.

O'ylaymanki, "Hamma narsani batafsil bilish shart emas ekan" - deb izlanishdan to'xtab qolmaysiz.
1.1K views14:25
Ochish/sharhlash
2023-03-03 13:18:21
Foydasini oshirmoqchi bo'lgan tadbirkorlar diqqatiga!

Marketing va sotuv bo'limidagi muammolarni bartaraf etib sof foydangizni 30% dan 300% gacha oshirishni xohlaysizmi?

Hozirgacha 6000 ga yaqin tadbirkorlar dasturlarimizda qatnashdi va o'z muammolariga yechim topishdi.

Agar siz ham sof foydangizni bir necha barobarga oshirishni istasangiz "Biznes Kouching: Sof foydani oshirish" dasturimizda ishtirok eting.

Bugun 40% lik chegirmaning oxirgi kuni. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Hoziroq roʻyxatdan oʻting. Keyin kech boʻladi.

is.gd/IzJlHp
is.gd/IzJlHp

@ibrahimgulyamov
1.1K viewsedited  10:18
Ochish/sharhlash
2023-03-02 17:13:44 Xitoylik tadbirkorlarning bir gapi bor: “Agar raqobatchi bilan hamkorlik qilib $1 topish mumkin bo'lsa, u bilan hamkorlik qilish kerak"

Hozirgi davr raqobatchilarni dushman ko'rib, ular bilan kurashish o'rniga, ularni potensial sheriklarga aylantirishni talab qilmoqda.

Hamkorlik to'g'ri amalga oshirilsa, ikkala tomon uchun ham foyda keltirishi mumkin. Shuning uchun raqobatga kirishishdan oldin sheriklarni yaxshilab o'rganing.

Shu bilan birga ehtiyotkorlikni ham unutmaslik kerak. Chunki ba'zi raqobatchilaringiz ortida pichog'i bo'lib, kutilmaganda orqangizdan sanchishi mumkin.

Shunday ekan hamkor (sherik) tanlashda ushbu muhim jihatlarga ahamiyat bering.

1. Niyatni to'g'rilash.
2. Qadriyat va dunyoqarashlari mos kelishi.
3. O'zingizdan har tomonlama kuchliroq bo'lishi.
4. Qarzdor insonlardan sherik qilmang.
5. Sherigingiz sohaga qiziqishi.
6. Hamma shartlar kelishilgan bo'lishi. Qilinadigan ishlar, foyda va xarajatlar aniq belgilab olinishi kerak.

@ibrahimgulyamov
2.0K views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-02 17:12:35
Vaqt tugayapti! Ertaga chegirmaning so'ngi kuni

"Sof foydani oshirish" dasturiga 40% chegirma bilan qatnashishni istaysizmi? Unda oxirgi daqiqagacha kutmang - hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish Havola

@ibrahimgulyamov
2.0K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:30:49 Bugun biz iqtidorli xodimni kompaniyada saqlab qolishga yordam beradigan 5 ta usulni ko'rib chiqamiz.

Dastavval, ishni xodimning xohishlarini o'rganishdan boshlang.

1. Iqtidorli xodimni ushlab qolish uchun o'z qadriyatlaringiz va jamiyat oldidagi oliy maqsadingiz bo'lishi kerak.

Chunki iqtidorli xodimlar shunchaki "mavjud bo'lishni" yoqtirmaydi. Siz ularni o'z missiyangiz kapitani sifatida e'tirof eting.

2. Iqtidorli xodimning asosiy xususiyati - tajribaga bo'lgan xohishi yuqori ekanligida.

Agar siz iqtidorli xodimning tajribasini oshishiga va o'qib-o'rganishiga hissa qo'shsangiz, bu xodim nafaqat o'zi, balki shu orqali korxonangizni ham rivojlantirishi mumkin.

3. Iqtidorli xodimlar do'stona muhitda, shinam sharoit va jamoada hurmatga sazovor bo'lishni xohlaydi.

Agar jamoangizda bunday sifatlar bo'lmasa, iqtidorli xodimlar tezda ketib qoladi.

4. Xodimlar kompaniyada o'sish va rivojlanish imkoniyatlari borligini his qilsalar, bu ularning motivatsiyasini va ishdagi faolligini oshiradi.

5. Iqtidorli xodimlar o'z mehnatini qadrlaydi va boshqalardan ham shuni kutadi.

Agarda iqtidorli xodimga natijasiga qarab haq to'lamasangiz, u siz to'lagan haqqa yarasha ishlay boshlaydi. Ya'ni o'z imkoniyatlarini to'laligicha ishlatmasligi mumkin.

Aytinchi, siz yuqorida aytilganlarning qay biridan foydalanasiz va qaysi birida qiynalasiz?

@ibrahimgulyamov
1.3K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:08:53 "Vaqt tugayapti! 40% chegirma tugashiga 2 kun qoldi!"

Faqat bugun va ertaga, "Biznes Kouching: Sof foydani oshirish" dasturi uchun 40% chegirmaga ega bo'ling.

Hali ham roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, hoziroq ulgurib qoling.

Ro'yxatdan o'tish Havola
1.4K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-02-28 14:25:54 IBRAHIM GULYAMOV pinned «Yanada foydaliroq bo'lishimizga hissa qo'shing Ushbu so'rovnoma xohishlaringizni aniqroq anglashimiz va sizga yanada yaxshiroq xizmat ko'rsatishimiz uchun juda muhim. Sarflagan 1 daqiqangiz evaziga so'rovnoma so'ngida 3 ta sovg'ani qo'lga kiritasiz. 1.…»
11:25
Ochish/sharhlash