Get Mystery Box with random crypto!

40,000 dollarga tushgan o'qishim Asal deganda ongimiz beixtiy | IBRAHIM GULYAMOV

40,000 dollarga tushgan o'qishim

Asal deganda ongimiz beixtiyor shirin ta'mni tasavvur qiladi. Mana shu shirinlik achchiq guldan olinishi ham bir mo'jiza.

Men taxir nektarni shirin asalga aylantirib beruvchi asalarilarni ustozlarga qiyoslayman.

Ustozlar ham asalari singari bilimlarni o‘z tajribasidan va turli manbaalardan oladilar.

Bu boshqalar uchun murakkab va tushunarsiz bo'lishi mumkin, ammo ustozlar ularni bizga tayyor qo'llanma sifatida taqdim qiladilar.

Bu esa bizni yaxshiroq bo'lishga, maqsadlarimizga erishishga va salohiyatimizni ro'yobga chiqarishga yordam beradi.

Avvalgi videolarimda $40,000 ga tushgan o'qishim haqida ko'pchilik so'rashdi. Bugun shunga javob beraman.

U "Visotskiy Consulting" Qozog'iston filialidagi yillik dasturi bo'lgan. Umumiy xarajatlar bilan $40,000 ga tushgan.

Sizga tavsiyam o'z yo'nalishingiz bo'yicha ilm olishdan to'xtamang. Doim izlanishda bo'ling.

Yana savollaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring. Ular orasidan eng yaxshi va aniq berilgan savolga javob beraman.

@ibrahimgulyamov