Get Mystery Box with random crypto!

Biznes egasiga bepulga tushishi mumkin bo'lgan eng qimmatli ko | IBRAHIM GULYAMOV

Biznes egasiga bepulga tushishi mumkin bo'lgan eng qimmatli konsultatsiya bu o’zining xodimlaridan eshitgan ma'lumotidir.

Ayrim payt shunday qimmat ma'lumotlar bo'ladiki, biznes egalari bu muammolarga shunchaki e'tibor qaratmaydi.

Hurmatli biznes egalari, korxonangiz ichidagi vaziyatni xodimlaringiz sizdan ko'ra yaxshiroq biladi. U ma'lumotlarni jamlashning eng qulay usuli - bot yaratish. Bot orqali xodimlar e'tiroz, taklif va g'oyalarini (anonim) yuborishlari mumkin.

Ular orasidan eng zo'r g'oya egalariga ya'ni g'oya bilan birga yechim bergan xodimga pul mukofoti belgilang.

Aniq ayta olamanki, qisqa vaqt ichida biznesingizdagi muammolarga yechim bo'luvchi ko'plab taklif va g'oyalar qo'lingizda bo'ladi.

@ibrahimgulyamov