Get Mystery Box with random crypto!

HISTORY

Telegram kanalining logotibi historicallife — HISTORY H
Telegram kanalining logotibi historicallife — HISTORY
Kanal manzili: @historicallife
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.51K
Kanalning ta’rifi

✓𝑼𝒔𝒉𝒃𝒖 𝒌𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂 𝒎𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒕𝒂𝒓𝒊𝒙, 𝒃𝒖𝒈𝒖𝒏 𝒗𝒂 𝒌𝒆𝒍𝒂𝒋𝒂𝒌 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒇𝒊𝒌𝒓 𝒗𝒂 𝒎𝒖𝒍𝒐𝒉𝒂𝒛𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒉𝒂𝒗𝒐𝒍𝒂 𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒍𝒂𝒅𝒊!
Reklama: @reklamahistory01
Hamkor kanal: @battlefieldchannel

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-02-11 13:17:39 Pastda ilova qilgan suratda Stalin va Gelya Markizova tasvirlangan. Gelya buryat qizi bo’lib, 27-yanvar 1936-yili Stalin bilan o’sha mashhur suratni birga ijro qilgan edi.
Qizcha otasi bilan navbatdagi katta syezdga borgan va Stalin quchog’iga otilib unga gul bergan edi.
Rus yozuvchilari o’sha onda Stalinni yonidagi gurji qo’riqchisiga “mamashore eg tiliani” yani “bu yukni qo’limdan ol” deya sekingina buyurganini bot-bot takrorlashadi. Yosh Gelya, gruzinchani bilmas, bu so’zlar ma’nosini esa katta bo’lgachgina anglagan edi.
Bu surat “O’rtoq Stalin, baxtli bolalik uchun rahmat” deya nomlanib, butun mamlakatda mashhur bo’ladi. Eng fojealisi o’sha qizchaga baxtli bolalikni surish nasib qilmadi. Uning otasi 1937-yili qamoqqa olindi. Tabiiyki qizcha Stalin boboga yordam so’rab xat yozdi. Hech narsa o’zgarmadi. 1938-yili Galyaning otasi otildi. O’zini esa onasi ila lagerga yuborishdi. U yerda Stalindan sovg’a olgan qiz va uning onasi haqida Beriyaga xabar qilishdi va nima qilish lozimligini so’rashdi. Beriya qisqa javob berdi: ‘Yo’q qiling”.
Ko’p o’tmay Gelyaning onasi o’lib qoldi. Qiz buni Beriyadan ko’rdi.
Bu vaqtda Stalin va Gelyaning suratlari butun mamlakat bo’ylab ilib chiqilgan, hamma baxtli bolalik uchun dohiyga rahmat aytar, ammo o’sha baxtli bolalik ramzi bo’lgan qizcha dunyodagi eng baxtsiz odam edi. Uni xalq dushmanining bolasi sifatida ayblashdi.
Gelyaning ismini kommunizm dohiylari nomiga qo’yishgani ham unga baxt ketirmagan edi.
1953-yili, Gelya turmush qurgan va homiladorlik paytida Stalin vafot etdi. Ota onasini qatl ettirganiga qaramay qiz dohiy uchun yig’ladi. U Stalinni ayblamagan edi. U ishonar edi dohiy yaxshi odam bo’lganiga.
Stalin esa bolalarni umuman yaxshi ko’rmagan. O’z o’g’lining yuziga trubka chekib puflab o’tirganini guvohlar yaxshi eslaydi. Hatto nemislar qo’liga asir tushgan o’g’lini qutqarishga urinmagan ham. Buni ko’pchilik uning davlat va xalq obro’ini saqlash uchun qilganini aytsa-da aslida Stalin o’z farzandlarini umuman sevmaganini ko’pchilik tarixchilar juda yaxshi ta’kidlashgan. Bolalarni sevganida shuncha bolani otasiz qoldirarmidi? Aminman siz bunday propoganda suratlarni o'zimiznikilar bilan ham ko'rgansiz. Hamma diktatorlar bir xil.
https://telegra.ph/Baxtli-bolalik-02-11 @historicallife
1.1K viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2021-02-11 12:15:00 Stalin repressiyalar siyosatini yorqin ifodalovchi karikatura.
Hamma bir biridan qo'rqar, qo'rqqanidan sotar edi. Sotmaslikning iloji ham yo'q edi. Ertangi kunga hech kim kafolat bera olmas edi. Kecha "Troyka" da Xojaevning qamalganini e'lon qilgan Ikromovning o'zi bugun hibsxonada. Uni qamatgan Apressyanni ertaga Yejov ottiradi. Bu orada Yejovning o'zi "xalq dushmani" bo'lib uchib ketadi. Eng pastidan eng yuqorigacha ahvol shu edi.
Faqat bir odamgina xalq dushmani bo'lmadi, zarar ko'rmadi. Bu o'rtoq Stalin edi.
Butun qatag'on tizimini rejalashtirgan bu odam alaloqibat " farishta " ga aylanadi.Repressiyalardan u bexabar qolgan, uni Yejov aldagan degan fikrlarni Stalin nazoratidagi OAV lar tinmay yozar edi. Mana shunday aqlli siyosat uning hozirgacha odamlar orasida katta obro'ga ega bo'lishini ta'minladi.
Eng katta aybdor - eng aybsiz odam bo'ldi. Bo'g'zidan qon otilib chiqayotgan qo'y ham oxirigacha "sizga sodiqman o'rtoq Stalin" deya jon berardi.
Bu so'zlar qatagʻon qilingan mahbuslar tilidan chiqqan.

Bu odam niyatiga erishdi. Hammani aldadi. Yoqmaganni otdi. Qoraladi. Xalq ko'z o'ngida ulug' odamga aylandi.

Haqiqat yolg'on bo'ldi. Yolg'on esa haqiqatni aybladi.
Dunyoda yagona haqiqat Stalin bo'ldi. Aniqrog'i haqiqat haykali Stalinga o'xshatib chizildi.
Uni tanqid qilganlar uni ko'rolmaydigan, shpion va xalq dushmani sifatida ko'rildi.

Xalq tinmay ishlar, otilar, GULAG da chirir, Stalin esa tarix kitoblarga zarhal harflarda yozilar edi.
Afsus haligacha odamlar oddiy haqiqatni: aldanishganlarini bilishmaydi.
Yoki bilishni xohlashmaydi.
Chunki ularni qullik psixologiyasida tarbiyalashdi.
Ular cho'ponsiz yashay olmay qolishdi. Cho'ponning Azroil ekanligini bilishmadi.
Mana shunday kayfiyatdagi odamlardan qo'rqing: aynan mana shundaylar yangi diktatorlar zulmiga yo'l ochib beradi.

https://telegra.ph/Haqiqat-va-yolgon-02-11
@historicallife
1.1K views09:15
Ochish/sharhlash
2021-02-11 10:24:22
Afg'on urushi qahramoni Ruslan Aushev 2001-yili Dushanbe shahriga kelganida Ahmadshoh Mas'ud ham shu shaharda mehmon edi. Urushning ikki qahramoni, sobiq raqiblar o'zaro suhbatlashdilar.
"Ko'kragingdagi qizil medal nima" so'radi Mas'ud.
- SSSR qahramoni medali....
Mas'ud davom etdi:
-Esingdami sen urush payti Panjsherda mendan yengilganding?
Nima sizlarda yutqazgan jangchini qahramon qilishadimi?
Ruslan xijolat bo'lib tan oldi:
- Haqiqattan, Mas'ud bir gal meni yenggan edi. Hattoki mashinam portlab, zo'rg'a tirik qolganman.

Eslatib o'tamiz Ruslan Aushev Afg'on urushining eng mashhur qahramonlaridan biri. Uning guruhi Qobuldagi eng kuchlisi bo'lgan. Ammo Mas'ud bilan 1986-yilgi to'qnashuvda mag'lub bo'lgan va qattiq yaralangan edi.

2004-yili Aushev Beslan maktabidagi terrorchilarga hujum qilib, ko'pchilik o'quvchilarni qutqarib qolgan yagona shaxs bo'lgan.

@historicallife
1.0K views07:24
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:30:30 "Stalin Rossiyani shudgor bilan qabul qildi va atom bombasi bilan qoldirib ketdi" - Uinston Cherchill

Stalin propoganda mashinasidagi mashhur bu ibora Cherchil tomonidan aslida aytilinmagan.
Darhaqiqat, Uinston Cherchill Sovet rahbariga qo'rquv va ehtirom bilan munosabatda bo'ldi, bu hatto Fultondagi nutqida ham aks etdi:
"Men jasur rus xalqiga va mening urush davridagi o'rtog'im marshal Stalinga chuqur hayrat va ehtirom qilaman".

Ammo Cherchill shudgor va atom bombasi haqida hech narsa demagandi. Birinchi marta, bu iborani Cherchillning so'zlari sifatida, stalinist Nina Andreeva 1988 yil mart oyida "Men o'z printsiplarimdan voz kecha olmayman" maqolasida keltirgan.
Xo'sh bu ayol iborani qayerdan oldi unda?

1956- yilgi Britaniya Entsiklopediyasidan Stalin haqidagi maqola Andreevaga ilhom manbai bo'lgan bo'lishi mumkin. Maqola muallifi, sovetshunos yahudiy Is'hoq Deytsher shunday yozgan: "Stalinning chinakam tarixiy yutuqlarining mohiyati shundaki, u Rossiyani shudgor bilan qabul qildi va yadroviy reaktorlar bilan qoldirib ketdi. U Rossiyani dunyodagi ikkinchi sanoat rivojlangan mamlakat darajasiga ko'tardi".

Albatta biz Stalin haqida aytilingan bunday ehtiromli fikrlar aslida tag zamiri surishtirilmagan odatiy ulug'lash propogandasi ekanligini aytishga manbaviy asosimiz yetarli.
Diktatura g'oyasi hali uzoq muddat insonlarni psixologik ezishda davom etaveradi.
https://telegra.ph/Cherchil-02-10

Manba:@history_0o


Kanalga ulanish: @historicallife
1.2K views04:30
Ochish/sharhlash
2021-02-10 23:08:08
Dunyodagi birinchi jangchi uchuvchi ayol Sabiha Go'kchen. Devordagi suratda esa u tutingan otasi Otaturk qo'lini o'pmoqda.
Go'kchen 2001-yili 88 yoshida vafot etgan. U umrining 8000 soatini havoda o'tkazgan va 30 dan ortiq jangovor hujumlarda qatnashgan.
Asli kelib chiqishi bosniyaliklarga boradigan Go'kchenni 2004-yili Hrant Dink ismli jurnalist arman qizi deya da'vo qilib chiqadi.
Natijada unga nisbatan turklar tomonidan bosim uyushtirilib, jurnalist 2007-yili otib tashlanadi.
Go'kchen XX asrning eng mashhur insonlari qatoridadir.


@historicallife
1.3K views20:08
Ochish/sharhlash
2021-02-10 20:44:48
Pushkin Mixaylovskoe qishlog'ida dafn etilganini bilsangiz kerak.
Suratda uning qabri.
Ikkinchi suratda esa uning o'limidan keyin yuziga qo'yib tayyorlangan 15 maxsus niqoblardan biri.
Demak shoirning o'limidan keyingi yuzi shunday bo'lgan.

@historicallife
1.0K views17:44
Ochish/sharhlash