Get Mystery Box with random crypto!

Pastda ilova qilgan suratda Stalin va Gelya Markizova tasvirla | HISTORY

Pastda ilova qilgan suratda Stalin va Gelya Markizova tasvirlangan. Gelya buryat qizi bo’lib, 27-yanvar 1936-yili Stalin bilan o’sha mashhur suratni birga ijro qilgan edi.
Qizcha otasi bilan navbatdagi katta syezdga borgan va Stalin quchog’iga otilib unga gul bergan edi.
Rus yozuvchilari o’sha onda Stalinni yonidagi gurji qo’riqchisiga “mamashore eg tiliani” yani “bu yukni qo’limdan ol” deya sekingina buyurganini bot-bot takrorlashadi. Yosh Gelya, gruzinchani bilmas, bu so’zlar ma’nosini esa katta bo’lgachgina anglagan edi.
Bu surat “O’rtoq Stalin, baxtli bolalik uchun rahmat” deya nomlanib, butun mamlakatda mashhur bo’ladi. Eng fojealisi o’sha qizchaga baxtli bolalikni surish nasib qilmadi. Uning otasi 1937-yili qamoqqa olindi. Tabiiyki qizcha Stalin boboga yordam so’rab xat yozdi. Hech narsa o’zgarmadi. 1938-yili Galyaning otasi otildi. O’zini esa onasi ila lagerga yuborishdi. U yerda Stalindan sovg’a olgan qiz va uning onasi haqida Beriyaga xabar qilishdi va nima qilish lozimligini so’rashdi. Beriya qisqa javob berdi: ‘Yo’q qiling”.
Ko’p o’tmay Gelyaning onasi o’lib qoldi. Qiz buni Beriyadan ko’rdi.
Bu vaqtda Stalin va Gelyaning suratlari butun mamlakat bo’ylab ilib chiqilgan, hamma baxtli bolalik uchun dohiyga rahmat aytar, ammo o’sha baxtli bolalik ramzi bo’lgan qizcha dunyodagi eng baxtsiz odam edi. Uni xalq dushmanining bolasi sifatida ayblashdi.
Gelyaning ismini kommunizm dohiylari nomiga qo’yishgani ham unga baxt ketirmagan edi.
1953-yili, Gelya turmush qurgan va homiladorlik paytida Stalin vafot etdi. Ota onasini qatl ettirganiga qaramay qiz dohiy uchun yig’ladi. U Stalinni ayblamagan edi. U ishonar edi dohiy yaxshi odam bo’lganiga.
Stalin esa bolalarni umuman yaxshi ko’rmagan. O’z o’g’lining yuziga trubka chekib puflab o’tirganini guvohlar yaxshi eslaydi. Hatto nemislar qo’liga asir tushgan o’g’lini qutqarishga urinmagan ham. Buni ko’pchilik uning davlat va xalq obro’ini saqlash uchun qilganini aytsa-da aslida Stalin o’z farzandlarini umuman sevmaganini ko’pchilik tarixchilar juda yaxshi ta’kidlashgan. Bolalarni sevganida shuncha bolani otasiz qoldirarmidi? Aminman siz bunday propoganda suratlarni o'zimiznikilar bilan ham ko'rgansiz. Hamma diktatorlar bir xil.
https://telegra.ph/Baxtli-bolalik-02-11 @historicallife