Get Mystery Box with random crypto!

Stalin repressiyalar siyosatini yorqin ifodalovchi karikatura. | HISTORY

Stalin repressiyalar siyosatini yorqin ifodalovchi karikatura.
Hamma bir biridan qo'rqar, qo'rqqanidan sotar edi. Sotmaslikning iloji ham yo'q edi. Ertangi kunga hech kim kafolat bera olmas edi. Kecha "Troyka" da Xojaevning qamalganini e'lon qilgan Ikromovning o'zi bugun hibsxonada. Uni qamatgan Apressyanni ertaga Yejov ottiradi. Bu orada Yejovning o'zi "xalq dushmani" bo'lib uchib ketadi. Eng pastidan eng yuqorigacha ahvol shu edi.
Faqat bir odamgina xalq dushmani bo'lmadi, zarar ko'rmadi. Bu o'rtoq Stalin edi.
Butun qatag'on tizimini rejalashtirgan bu odam alaloqibat " farishta " ga aylanadi.Repressiyalardan u bexabar qolgan, uni Yejov aldagan degan fikrlarni Stalin nazoratidagi OAV lar tinmay yozar edi. Mana shunday aqlli siyosat uning hozirgacha odamlar orasida katta obro'ga ega bo'lishini ta'minladi.
Eng katta aybdor - eng aybsiz odam bo'ldi. Bo'g'zidan qon otilib chiqayotgan qo'y ham oxirigacha "sizga sodiqman o'rtoq Stalin" deya jon berardi.
Bu so'zlar qatagʻon qilingan mahbuslar tilidan chiqqan.

Bu odam niyatiga erishdi. Hammani aldadi. Yoqmaganni otdi. Qoraladi. Xalq ko'z o'ngida ulug' odamga aylandi.

Haqiqat yolg'on bo'ldi. Yolg'on esa haqiqatni aybladi.
Dunyoda yagona haqiqat Stalin bo'ldi. Aniqrog'i haqiqat haykali Stalinga o'xshatib chizildi.
Uni tanqid qilganlar uni ko'rolmaydigan, shpion va xalq dushmani sifatida ko'rildi.

Xalq tinmay ishlar, otilar, GULAG da chirir, Stalin esa tarix kitoblarga zarhal harflarda yozilar edi.
Afsus haligacha odamlar oddiy haqiqatni: aldanishganlarini bilishmaydi.
Yoki bilishni xohlashmaydi.
Chunki ularni qullik psixologiyasida tarbiyalashdi.
Ular cho'ponsiz yashay olmay qolishdi. Cho'ponning Azroil ekanligini bilishmadi.
Mana shunday kayfiyatdagi odamlardan qo'rqing: aynan mana shundaylar yangi diktatorlar zulmiga yo'l ochib beradi.

https://telegra.ph/Haqiqat-va-yolgon-02-11
@historicallife