Get Mystery Box with random crypto!

'Stalin Rossiyani shudgor bilan qabul qildi va atom bombasi bi | HISTORY

"Stalin Rossiyani shudgor bilan qabul qildi va atom bombasi bilan qoldirib ketdi" - Uinston Cherchill

Stalin propoganda mashinasidagi mashhur bu ibora Cherchil tomonidan aslida aytilinmagan.
Darhaqiqat, Uinston Cherchill Sovet rahbariga qo'rquv va ehtirom bilan munosabatda bo'ldi, bu hatto Fultondagi nutqida ham aks etdi:
"Men jasur rus xalqiga va mening urush davridagi o'rtog'im marshal Stalinga chuqur hayrat va ehtirom qilaman".

Ammo Cherchill shudgor va atom bombasi haqida hech narsa demagandi. Birinchi marta, bu iborani Cherchillning so'zlari sifatida, stalinist Nina Andreeva 1988 yil mart oyida "Men o'z printsiplarimdan voz kecha olmayman" maqolasida keltirgan.
Xo'sh bu ayol iborani qayerdan oldi unda?

1956- yilgi Britaniya Entsiklopediyasidan Stalin haqidagi maqola Andreevaga ilhom manbai bo'lgan bo'lishi mumkin. Maqola muallifi, sovetshunos yahudiy Is'hoq Deytsher shunday yozgan: "Stalinning chinakam tarixiy yutuqlarining mohiyati shundaki, u Rossiyani shudgor bilan qabul qildi va yadroviy reaktorlar bilan qoldirib ketdi. U Rossiyani dunyodagi ikkinchi sanoat rivojlangan mamlakat darajasiga ko'tardi".

Albatta biz Stalin haqida aytilingan bunday ehtiromli fikrlar aslida tag zamiri surishtirilmagan odatiy ulug'lash propogandasi ekanligini aytishga manbaviy asosimiz yetarli.
Diktatura g'oyasi hali uzoq muddat insonlarni psixologik ezishda davom etaveradi.
https://telegra.ph/Cherchil-02-10

Manba:@history_0o


Kanalga ulanish: @historicallife