Get Mystery Box with random crypto!

HISTORY

Telegram kanalining logotibi historicallife — HISTORY H
Telegram kanalining logotibi historicallife — HISTORY
Kanal manzili: @historicallife
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.51K
Kanalning ta’rifi

✓𝑼𝒔𝒉𝒃𝒖 𝒌𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂 𝒎𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒕𝒂𝒓𝒊𝒙, 𝒃𝒖𝒈𝒖𝒏 𝒗𝒂 𝒌𝒆𝒍𝒂𝒋𝒂𝒌 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒇𝒊𝒌𝒓 𝒗𝒂 𝒎𝒖𝒍𝒐𝒉𝒂𝒛𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒉𝒂𝒗𝒐𝒍𝒂 𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒍𝒂𝒅𝒊!
Reklama: @reklamahistory01
Hamkor kanal: @battlefieldchannel

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-27 09:00:02
Alanlar migratsiyasi.

Bu xalqning aniq kelib chiqishi borasida tortishuvlar bor. Tarixchi Ammianus yozishicha ular massaget deya nomlangan. Skif deya ham atalgan vaqtlar bo'lgan. Shu sabab ba'zi mutaxasisslar alanlar alohida xalq emas, balki skif va massagetning mag'lub bo'lgan qismi deya aytishadi.

Ular uzoq Afrikada ham davlat qurishgan.

@historicallife
1.6K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-06-27 07:49:47
Dunyodagi eng katta qabriston Iroqda joylashgan. Unda 6 million marhum yotibdi.

@historicallife
1.8K views04:49
Ochish/sharhlash
2022-06-26 11:25:08 Diktator kim? Diktator degani cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan, mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatdan ustun turgan, mutloq iroda evaziga butun sistema ustidan nazorat o'rnata olgan, saylovlarni soxtalashtirgan yoki umuman bekor qildirgan hamda konstitutsiyani o'z xohishiga ko'ra o'zgartirgan, butun qurolli kuchlar va kuch ishlatar tizimlarni o'ziga bo'ysundirgan hamda konstitutsiyada belgilab qo'yilgan muddatdan ortiq hukm suraveradigan suveren hisoblanadi.

Odatda siyosat va tarix qiziquvchilari Yaqin sharqdagi ba'zi bir siyosatchilarni diktator deya ataganimizga e'tiroz berishadi. Ammo bir narsaga e'tiborli bo'lish lozim. Diktator atamasining o'z belgilari bor. Ular aynan yuqoridagi belgilar. Iroqdagi marhum Saddam Husayn, Erondagi Oyatullo, Suriyadagi Hofiz va Bashar Asad, Liviyada Kaddafiy, Ozarda ota bola Alievlar, Tojikdagi Imomali va Turkmandagi rahbarlar, sizlarning birinchi prezidentlaringiz aynan diktator atamasiga mos keladigan hisoblanishadi. Siz buni umuman inkor qila olmaysiz. Chunki tarix yuqoridagi belgilarga mos kelgan holatda ularni talqin etdi.

Misol uchun odatda ko'p mamlakatlarda bir kishi 2 martadan koʻp prezident yoki davlat rahbari bo'la olmasligi konstitutsiyada yozilgan. Bu qonun asosan G'arb sistemasidan olingan namuna. Endi savol beraylik: Saddam Iroqda necha yil rahbar bo'ldi? 1979-yildan 2003-yilgacha. 24 yil. Qulatilmaganida bu davom etaverardi. Iroq tarixini o'qigan bo'lsangiz bu odamning minglab muxolifatni, shialarni, kurdlarni yo'q qilib hukmdorlikni saqlab qolganini bilish qiyin emas. Bugun musulmonlar himoyachisi hisobida talqin qilina boshlangan bu odam davrida Quvvayt va Eronga hujum qilingani-yu, milliondan ortiq musulmonlar qirib tashlangani esa unutildi. Mantiq qani?

Amerikaliklar tomonidan o'ldirilgani uchun ba'zi terror guruhlari uni " shahid" maqomiga ko'tarishgani esa bizning kasal va ilmsiz jamiyatimizdagi ayrim kishilarga moydek yoqib ketganidan hayron qolmaslik kerak. Karimov diktaturasida yashab Saddam diktaturasini yaxshi qabul qilish oddiy hol. Kasal jamiyat o'ylaydiki davlatni bitta kuchli odamgina boshqaradi. Aslida esa unday emas.

Kaddafiychi? 1970-2011. O'ldirilmaganida undan ham ko'proq turardi. Ko'pchilik uni aholi hayotini yaxshilab berganini pufakdek shishirib, maqtab, diktatorligini ko'rmaslikka oladi. Ammo butun mamlakat boyligini o'z qo'lida 41 yil tutib, oz ozdan aholiga bergan va butun norozi qatlamni qatagʻon qilgan bir kishilik boshqaruv oxiyri o'z xalqi tomonidan ag'darilganini ko'rmaslik mumkun emas. Kaddafiy demokratiyani yoqtirmasdi. G'arb blogi bilan ochiqdan ochiq dushmanlikni pasaytirmadi. Oqibat u 41 yil o'chirib kelgan vulqon portladi. Videolarni You Tubedan ko'rishingiz mumkun. 2-3 kishi emas, o'z xalqi uni to'polon qilib o'ldirdi. Bu uning hokimiyatni hech kimga bermay kelgani oqibatidir. Mamlakat tinch va boy yashaganida buncha norozilar nega paydo bo'lsin? Mantiq qani?

Bashar Asadchi? Hokimiyatni bermaslik, norozi qatlamni qatagʻon qilish natijasida Suriyada umumiy qo'zg'olonlar avj oldi. Endi o'ylab ko'ring xalq bir kishilik boshqaruvdan rozi bo'lsa, nega qo'zg'olon ko'tardi? Bu diktatura natijasidir. Kuchli davlatlar esa mana shundan foydalanib qolishdi.

Demokratiya bir kishilik boshqaruv emas. Demokratiyada asosiy organlar tenglikda mamlakatni iroda qilishadi. Ba'zan prezident, ba'zan bosh vazir ba'zan esa parlament hokimiyatni boshqaradi. Ammo doimo boshqa organlar va xalq oldida hisob beradi. Bu diktaturaga yo'l bermaydigan eng asosiy yo'ldir.

O'z haddini bilmay butun mamlakatni onasidan qolgandek boshqaradiganlarga sig'inadiganlarni kasal deyish mumkun.

@historicallife
1.9K viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash
2022-06-24 19:41:47
1. O'zbekiston 2-ligasi vakillaridan biri to'p suradigan stadion.

2. Angliya 6-ligasi vakili Geytsxed jamoasi uy stadioni.

@historicallife
2.0K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-06-23 12:59:54
Qayta qurish davrida zamonaviy sovet yoshlari tomonidan tashkil etilgan mashhur "Ласковый май" guruhining eng taniqli vakili, qo'shiqlari haligacha xit paradlardan tushmaydigan Yuriy Shatunov vafot etgani ma'lum qilindi.

@historicallife
1.8K views09:59
Ochish/sharhlash
2022-06-22 21:54:49
Bugun Boburiylar imperiyasi tiklangan kun.

O'tib ketayotgan 22-iyunda 1555-yili Humoyun va Bayramxon qo'shini Sirhind jangida Iskandar Suriy qo'shinini tor-mor qilib, Boburiylar saltanatini tiklashgan edi.

Bunga qadar, aniqrog'i 1540-yildan beri Hind diyori afg'onlar qo'lida qolgandi.

@historicallife
1.9K views18:54
Ochish/sharhlash
2022-06-22 20:25:54
Qo'shma Shtatlarda odatda demokratik qarashlar LGBT huquqlarini ham o'z ichiga oladi va LGBT huquqlarini taniqli Hollivud yulduzlari ham targ'ibot qilishadi. Ammo bu bilan mamlakatdagi hamma yulduzlar ham ushbu yangi hayot tarziga rozi deyish qiyin. Misol uchun 70-80-yillar yulduzi Chak Norris LGBT huquqlariga ancha yillardan beri qarshilik qilib keladi. U bir necha marotaba Kaliforniya shtatida ushbu harakatga qarshi chiqqan va hatto LGBT himoyachilari tomonidan hujumga ham uchragan, Aktyor e'tiqodli xristian bo'lib, dinga oid bir necha kitoblar muallifi hamdir. @historicallife
1.8K viewsedited  17:25
Ochish/sharhlash
2021-02-14 12:53:24
#zatosvetvagaztekinedi

Sovet qishloq ayollari amerikalik mutaxassislarga yordam uchun ta'zim qilmoqdalar.

1922-yil.

1917-yil oktabrda bir guruh sobiq terroristlar Rossiyada to'ntarish uyushtirib, butun hukumatni qo'lga olgan va ilk islohotlardan e'tiboran asosiy jihatni iste'mol buyumlarini musodara qilishdan boshlagan edi.

Natijada 1921-22 yillar ulkan ocharchilik vujudga kelib, AQSH tomonidan berilgan 65 million dollar va 90 ming tonna oziq ovqat ko'plab och aholini o'limdan qutqargan edi.

Ammo bu voqealar sovet davri tarix darsliklarida deyarli yozilmagan.

@historicallife
160 views09:53
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:01:09 ​​#2Watch

✓ Ulug' shoirimiz va hind afsonasi Z.M.Bobur ajdodimizning tavallud kunlari munosabati bilan sizlarga ertaga ko'rishingiz uchun ajoyib filmlar juftligini tavsiya etamiz
Ikkala film "fantasy - melodrama" janriga ega bo'lib, kinoijodkorlar lenta orqali: hech qanday g'ayrioddiy - noma'lum kuchlar haqiqiy va sof "muhabbat" oldida to'siq bo'la olmasligi (ya'ni hayotdagi eng kuchli tuyg'u bu "ikki insonning sevgisi" (aynan erkak va ayol, biz ga qarshimiz) ekanligi)ni yoritib berisha olgan! Bizning ma'nosiz romantikalarimizdan ancha mazmunli va filmni boshidan oxirigacha tomoshabinni hayajonda ushlab tura oladigan filmlar

The Lake House (Дом у озера)
2006 1:45

The Adjustment Bureau (Меняющие реальность)
2011 1:46

@historicallife
641 views15:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 15:49:29
Oq otdagi shaxzodani kutayotgan qizlar bormi?

Shimoliy Koreyaning eng kelishgan, eng semiz va tengsiz yigiti Kim Chen In hisoblanadi.

Chunki shimolliklar asosan qorachadan kelgan, qotmaroq, ezilgan yuzli hamda bir xil forma kiygan holatda namoyon bo'lishadi.

Dohiydan boshqa hech kim imidjni o'zgartirishga va ovqatlanish ratsionini ko'tarishiga haqqi yo'q.

Faqat dohiy eng yaxshisini kiyadi, eng yaxshisini yeydi, eng qimmat koshonada yashaydi va dam olishga xorijga chiqadi.

@historicallife
780 views12:49
Ochish/sharhlash