Get Mystery Box with random crypto!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot H
Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Kanal manzili: @hetmuloqot
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 50.92K
Kanalning ta’rifi

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
Instagram: @hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-11-28 07:12:55
Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
12.8K views04:12
Ochish/sharhlash
2023-11-17 16:08:06
#Muqaddasdir_vatan_bayrogi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Navoiy hududiy filialining tasarrufidagi barcha xizmat va bo'limlarda davlat bayrog’i aks etgan lenta va tasmalar taqish aksiyasi o’tkazildi.

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
12.8K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-11-17 16:03:15
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogi

18-NOYABR – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGAN KUN

Bayroq – hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyuklik timsolidir.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning tarkibiy korxona va filiallarida davlat bayrog'iga ehtirom ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar o’tkazildi.

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
12.8K views13:03
Ochish/sharhlash
2023-11-01 17:17:11
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Toshkent shahrida iste’molchilarni barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturi asosida zarur hududlardagi podstansiyalarda quvvati 40 000 kVA boʻlgan mavjud transformatorni yangi 63 000 va 80 000 kVA bo‘lgan katta quvvatli transformatorlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ayni kunlarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan 24 soatlik ish jarayoni tashkil etilgan.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
13.0K views14:17
Ochish/sharhlash
2023-11-01 15:46:20
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 noyabr soat 00:00dan 3 noyabr soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
19.8K views12:46
Ochish/sharhlash
2023-10-20 19:18:52
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi xalqaro "HADRUT-2023"  musobaqasi g'olibi

Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasida Geydar Aliyev tavalludining 100 yilligi  munosabati bilan tashkil etilgan "Taqsimlash tarmoqlarida raqamli transformatsiya" mavzusida turkiy tilda so'zlashuvchi davlatlar energetiklari o'rtasida tashkil etilgan "HADRUT-2023" musobaqasi o'z yakuniga yetdi.

Musobaqada barcha shartlarda yuqori natijalarni ko'rsatgan "Hududiy elektr tarmoqlari"  AJ jamoasi g'olib topildi.

Turkiy tilda so'zlashuvchi davlatlar energetklarining navbatdagi musobaqasi Tatariston Respublikasida o'tkaziladigan bo'ldi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
12.8K views16:18
Ochish/sharhlash
2023-10-09 11:08:50
HISOBLAGICH ORQALI CHEKLOVLAR KIRITILISHI ZARUR HOLLARDA QО‘LLANILADI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi xonadonda birdaniga uchta konditsionerni ulasangiz hisoblagich tokni avtomatik tarzda uzadi” yoki “hisoblagich orqali 10-15 kW quvvat doirasida cheklov kiritiladi” sarlavhali xabarlar keng tarqalib, bu, о‘z navbatida, kо‘pchilik elektr energiyasi iste’molchilari orasida turli tushunmovchiliklar va qator savollarni keltirib chiqarmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida zarurat yuzasidan qо‘llaniladi.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
26.4K views08:08
Ochish/sharhlash
2023-10-07 15:32:18
O‘zbekistonga Qozog'iston orqali Rossiya gazini yetkazib berish jarayoni boshlandi!

Uch davlat rahbarlari va energetika tizimi mas'ullari ishtirokida gaz o‘lchov stansiyasini ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish tizimi ishga tushirildi va shimoliy yo‘nalishdan tabiiy gazni qabul qilish boshlandi.

—————

Процесс поставок российского газа в Узбекистан через Казахстан начался!

Торжественное мероприятие, посвященное вводу в эксплуатацию газоизмерительной станции, состоялось с участием лидеров трех стран и руководителей энергосистемы.

Запущена система поставок российского газа в Узбекистан и начат приём природного газа с северного направления.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.5K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-10-06 09:57:55 Sirdaryo viloyatida iste’molchilarni elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida past kuchlanishli elektr tarmoqlarida rekonstruksiya va yangilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilgan ishlar yuzasidan “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi xabar beradi.
12.8K views06:57
Ochish/sharhlash
2023-10-05 15:01:20 TARIF NARXLARI MUTLAQO О‘ZGARMAYDI

Energetika vazirligining rasmiy izohi

“Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab bir oyda elektr energiyasini о‘rtacha oylik iste’moli uchun tо‘lov miqdoriga о‘suvchan koeffitsiyent qо‘llanilishi turlicha baholanmoqda.

Avvalo, shuni aytish kerakki, mazkur о‘suvchan koeffitsiyent aholi iste’molchilarining 98 foiziga mutlaqo ta’sir qilmaydi. Chunki mamlakatimizdagi 7 million 589 mingdan ziyod abonentning atigi 146 mingdan ortig‘i 1000 kilovatt/soatdan kо‘p elektr energiyasi yoqadi xolos. Ularning atigi 10 ming nafarigina oyiga 5 ming kilovatt/soatdan oshiq, bor-yо‘g‘i, 4 mingdan ortiq iste’molchi esa oyiga 10 ming kilovatt/soatdan ziyod elektr energiyasi iste’mol qiladi.

Avvalo, tarif narxi oshayotgani yо‘q. О‘sha 295 sо‘m joy-joyida turibdi.

Ammo odamlarda tejamkorlik kayfiyatini kuchaytirish hamda "yashirin iqtisodiyot" unsurlariga barham berish uchun qо‘shimcha о‘suvchan koeffitsiyent qо‘llanilishi nazarda tutilmoqda.

Bunda siz bir oyda 1000 kilovatt/soatgacha elektr energiyasi sarflasangiz, 295 sо‘mdan 295 ming sо‘m tо‘laysiz.

1001 kilovatt/soatdan 5000 kilovatt/soatgacha sarflasangiz, 1000 kilovatt/soat uchun 295 sо‘mdan 295 ming, aytaylik, 4850 kilovatt/soat yoqqan bо‘lsangiz, 1001 dan 4850 gacha 590 sо‘mdan 2 million 271 ming 500 sо‘m+295 ming sо‘m=jami 2 million 566 ming 500 sо‘m tо‘laysiz.

Oldin siz buning uchun jami 1 million 430 ming 750 sо‘m tо‘lardingiz xolos.

Batafsil

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
13.0K views12:01
Ochish/sharhlash