Get Mystery Box with random crypto!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot H
Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Kanal manzili: @hetmuloqot
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 50.92K
Kanalning ta’rifi

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
Instagram: @hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-14 10:13:35
YANGIYER SHAHRIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan Yangiyer shaharidagi “Navro’zobod” va “Yangiobod” mahallalarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 4 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatildi. Ushbu ikki mahallaga 60 dona temir-beton tayanch o’rnatish va 2,5 km uzunlikda zamonaviy SIP havo tarmoqlari qurish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.9K views07:13
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:11:51 PREZIDENT QARORI ASOSIDA MAHALLALARDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Farg‘ona viloyatning chekka hududlarida elektr energiyasi yetkazib berish sifatini yanada yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturi xabar beradi.
4.3K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:00:11
#Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan nimstansiyalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, ayni damda Filialning nimstansiya xizmati bo’limi tomonidan Urganch tumani Do’stlik 110/10 nimstansiyasida T-1 10000 kVAlik transformatorni mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlar” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 12:43:59
“KAMOLOT” MAHALLASINING 150 DAN ORTIQ AHOLI XONADONLARINING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatimizning Asaka tumanidagi "Kamolot" mahallasida yashovchi 150 dan ziyod aholi xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshiash maqsadida Imom Buxoriy ko'chasiga 1 dona quvvati 250 kVA bo'lgan transformator punkti o’rnatildi va ishga tushirish maqsadida 200 metr uzunlikdagi 0,6 kV havo tarmog'i tortish ishlari amalga oshirildi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.9K views09:43
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:27:30
YASHNOBODDA DASTURLAR IJROSI – AMALDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yashnobod tuman elektr ta'minoti tomonidan tumanning “Bahor” MFYning Yangihayot hamda Bahor ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar olib tashlanib, yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

Batafsil

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
4.4K views06:27
Ochish/sharhlash
2023-04-12 09:19:47
“MAJNUNTOL” MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANDI

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan Bektemir tumanidagi “Majnuntol” mahallasida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya ishlari olib borildi.

Jarayon tafsilotlari bilan «Toshkent» telekanalining «Poytaxt» informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan videolavha orqali tanishing.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
1.9K views06:19
Ochish/sharhlash
2023-04-12 07:38:04
KARMANA TUMANIDAGI “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIDA ISHLAR QIZG’IN OLIB BORILMOQDA

Aholini uy-joy bilan ta’minlash, hududlarda yangi massivlarni tashkil etish va ushbu massivlarda aholiga qulay shar-sharoit yaratish bo'yicha Prezidentimiz qator topshiriqlar bergan edi. "Hududiy elektr tarmqolari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan yangi massivlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha reja asosida ishlar yo’lga qoyilgan.

Filialning qurilish brigadasi xodimlari tomonidan Karmana tumani “Yangi O’zbekiston” massiviga 102 ta yangi tiklangan temir-beton tayanchga 6 km masofadagi 10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, 700 metr uzunlikda yer osti kabellari o'tkazish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari hududga har hil quvvatdagi 4 dona transformator punkti o’rnatish rejalashtirilgan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2.7K views04:38
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:50:59
#Jarayon

YANGI ELEKTR QURILMALAR O‘RNATILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Qo‘shtepa tumanida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hududiga yangi qurilayotgan 10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini boshlanish qismiga yangi elektr qurilmalar o‘rnatilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
4.7K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-04-11 12:37:58
AVARIYAGA QARSHI BRIGADALAR 24 SOAT SHAY HOLATDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialininig tarkibiy korxonalarida tashkil etilgan avariyaga qarshi maxsus brigadalar navbatchilik asosida tun-u kun faoliyat olib bormoqda.

Har qanday ob-havoga qaramay maxsus brigada xodimlari tomonidan energiya uzatish tarmoqlarida yuzaga kelayotgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.0K views09:37
Ochish/sharhlash
2023-04-11 09:14:21 VOCHAXLIKLARNING ORZUSI USHALADIMI?

Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturining 24 mart kuni sonida Surxondaryo viloyati, Saraosiyo tumani tog‘li Vochax qishlog‘ida hozirgacha elektr energiyasi yetib bormaganligi tо‘g‘risida tahliliy lavha efirga uzatilgan edi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan mazkur masala e’tiborga olinib, tog‘liq aholining kо‘p yillik muammosi yechimi о‘rganilmoqda.

Batafsil “Zamon” informatsion dasturining viloyat muxbiri Sobit Qaynarov lavhasida.
4.4K views06:14
Ochish/sharhlash