Get Mystery Box with random crypto!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot H
Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Kanal manzili: @hetmuloqot
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 50.92K
Kanalning ta’rifi

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
Instagram: @hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-26 08:36:22
Endilikda soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi

Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

Ilovaning yangilangan 1.3.8. versiyasini (Android /iOS) hoziroq yuklab olishingiz mumkin.

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.8K views05:36
Ochish/sharhlash
2023-04-25 15:28:36 NOQONUNIY ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH HOLATLARIGA BARHAM BERILMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali mas'ul hodimlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun mablag‘larni o‘z vaqtida undirish, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni oldini olish bo‘yicha kunlik reyd tadbirlari doimiy amalga oshirib kelinmoqda.

Bu haqida Andijon teleradiokompaniyasi "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
5.8K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-04-25 13:03:45 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi
xabar beradi.
5.5K views10:03
Ochish/sharhlash
2023-04-25 10:11:43
ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirobod, Mirzo Ulug'bek hamda Yunusobod tuman elektr ta’minoti tomonidan mazkur hududlaridagi iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida yer osti va usti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Batafsil

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.6K views07:11
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:36:24
«Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayit bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Muqaddas Islom dinining ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli kunlarda xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasligini tilab qolamiz. Vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilayotgan niyati pok, maqsadi ulug‘ xalqimiz omon bо‘lsin!

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
4.7K views02:36
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:36:16
Vobkent tumani aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi ta’minlash maqsadida tumandagi podstansiyalarda modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda.

Jarayon tafsilotlari bilan “Buxoro" telekanalining "Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.1K views11:36
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:52:22
#Mavsumga_tayorgarlik

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida “Gulshan” mahallasidagi eski yog’och ustunlar demontaj qilinib, yangi temir-beton tayanchlar qurish ishlari olib borilmoqda.

Elektr ta’minotini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar viloyatning barcha tuman va shahar hududlarida davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.8K views09:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:58:35
QOZIQO‘RG‘ONDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI

Samarqand tumanidagi Qoziqo‘rg‘on mahallasida elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 1 dona yangi transformator punkti hamda eski simyog‘ochlar o‘rniga temir-beton ustunlari o‘rnatildi.

Shuningdek, mazkur mahallada 3 km past kuchlanishli hamda 300 metr yuqori kuchlanishli, 10 km dan ortiq yangi elektr uzatish tarmog‘i tortildi.

Bu haqida Samarqand televideniyasining “Diyor yangiliklari” axborot dastur xabar beradi.

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
4.2K views06:58
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:47:10
“YANGI HАYOT”DА QURILISH ISHLАRI BOSHLАNDI

Ayni kunlarda Navbahor tumani “Yangihayot” mahallasida dastur doirasida 357 dona temir-beton tayanchlar hamda 2 dona yangi transformator punkti qurish, 4 ta transformator punktida rekonstruksiya, 11 km havo tarmog’ini tortish ishlari rejaga kiritilgan bo'lib, ayni damda temir-beton tayanchlarni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Qurilish yakuni bilan hududdagi 518 ta xonadonning elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
4.3K views04:47
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:18:35
“MA’RIFAT” MAHALLASI TARKIBIDAGI KO’CHALARDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Andijon shahrining "Ma’rifat" MFY tarkibidagi S.Yusupov hamda Olim Sarkor ko'chalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborilgan bo’lib, shu kunga qadar ushbu ko'chalarga 20 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o'rnatildi.

Hozirda 3000 metr uzunlikdagi SIP kabel havo tarmog'i tortish, shuningdek, har xil quvvatga ega bo’lgan 2 dona transformator punktini montaj qilish jarayonlari ketmoqda. Ushbu transformator punktlari ishga tushirilgandan so’ng 200 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta'minoti yaxshilanishi ko’zda tutilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.8K views12:18
Ochish/sharhlash