Get Mystery Box with random crypto!

TARIF NARXLARI MUTLAQO О‘ZGARMAYDI Energetika vazirligining r | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

TARIF NARXLARI MUTLAQO О‘ZGARMAYDI

Energetika vazirligining rasmiy izohi

“Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab bir oyda elektr energiyasini о‘rtacha oylik iste’moli uchun tо‘lov miqdoriga о‘suvchan koeffitsiyent qо‘llanilishi turlicha baholanmoqda.

Avvalo, shuni aytish kerakki, mazkur о‘suvchan koeffitsiyent aholi iste’molchilarining 98 foiziga mutlaqo ta’sir qilmaydi. Chunki mamlakatimizdagi 7 million 589 mingdan ziyod abonentning atigi 146 mingdan ortig‘i 1000 kilovatt/soatdan kо‘p elektr energiyasi yoqadi xolos. Ularning atigi 10 ming nafarigina oyiga 5 ming kilovatt/soatdan oshiq, bor-yо‘g‘i, 4 mingdan ortiq iste’molchi esa oyiga 10 ming kilovatt/soatdan ziyod elektr energiyasi iste’mol qiladi.

Avvalo, tarif narxi oshayotgani yо‘q. О‘sha 295 sо‘m joy-joyida turibdi.

Ammo odamlarda tejamkorlik kayfiyatini kuchaytirish hamda "yashirin iqtisodiyot" unsurlariga barham berish uchun qо‘shimcha о‘suvchan koeffitsiyent qо‘llanilishi nazarda tutilmoqda.

Bunda siz bir oyda 1000 kilovatt/soatgacha elektr energiyasi sarflasangiz, 295 sо‘mdan 295 ming sо‘m tо‘laysiz.

1001 kilovatt/soatdan 5000 kilovatt/soatgacha sarflasangiz, 1000 kilovatt/soat uchun 295 sо‘mdan 295 ming, aytaylik, 4850 kilovatt/soat yoqqan bо‘lsangiz, 1001 dan 4850 gacha 590 sо‘mdan 2 million 271 ming 500 sо‘m+295 ming sо‘m=jami 2 million 566 ming 500 sо‘m tо‘laysiz.

Oldin siz buning uchun jami 1 million 430 ming 750 sо‘m tо‘lardingiz xolos.

Batafsil

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter