Get Mystery Box with random crypto!

Adashmaslikni emas balki haq bo'lib chiqishni istash. Tasavvu | Hasanov kundaligi 📘

Adashmaslikni emas balki haq bo'lib chiqishni istash.

Tasavvur qiling bir bola misol ishlab o'tiribdi, va daftariga shunday narsani yozdi: 7+6=15
shu payt bizning ichimizda o'z o'zini himoya qilish mehanizmi ishga tushadi va darxol bu narsa xato ekanligini signal beradi, va biz bolakayni to'g'irlashga urinamiz: "Bolakay sen xato qilding, 7+6 15 ga emas 13 ga teng bo'ladi". Bolakay bo'lsa sizga kulib qaraydi va indamay boshqa misollarni ishlashda davom etadi. Siz bo'lsa bolakayni axmoq ekan deb o'ylasiz. Hechnarsani bilmaydigan, maktabda yaxshi o'qimayotgan ikkichiga chiqarasiz. Manashu yerda sizning haq bo'lib chiqish istagi sizning aqlingizdan ustun keldi. Nega deysizmi? Chunki siz bolakayni nima bilan mashg'ul ekanligini surishtirib ham o'tirmay o'zingiz bilgan bilimlardan kelib chiqib uni xato qilyabdi deb aytdingiz. Xaqiqiy aqlli odam avvalambor bolakaydan nega 7+6=15 deb yozding deb so'ragan bo'lardi. Xaqiqiy aqlli odam o'z bilimlarini shubxa ostiga qo'yardi. Chunki, unga haq bo'lib chiqishdan ko'ra adashmaslik muhimroq.

Shunday qilib bolakay yoniga boshqa odam keldida bolakaydan nega 7+6=15 deb yozganini so'radi. Shunda bolakay "Men bu misolni 8 lik sanoq sistemasida ishlayabman" deya javob berdi. U odam esa 8 lik sanoq sistemasini o'qib o'rganishga tushdi...

Xulosa qilib shuni aytardimki, ba'zi narsalar qanchalik aniq va sodda ko'rinmasin, ularni tushunish uchun sizda bilimlar yetishmasligi mumkin. Kimnidir xato qilyabsan, u adashyabdi deyishdan avval u aytayotgan gaplarga dalillar va sabablarni so'rash kerak. Bilimingizga qanchalik ishonchingiz komil bo'lmasin unga oz bo'lsada shubxa bilan qarashdan to'xtamang. Bilimingizga shubxa qilmay qo'ygan kuningizdan boshlab siz uning quliga aylanasiz va u sizni turli be'maniliklarga (masalan, kibrga, o'zini dunyodagi eng aqlli odam bilishga va sizning fikringizga qo'shilmagan odamlarni jazolashgacha) yetaklashi mumkin.
manba

P.S O‘z ilmiga shak-shubha bilan qarash insonni o‘sishga yetaklaydi. Keyingi maqolada shak borasida Imom G‘azzoliyning qarashlarini keltiraman.

telegram.me/hasanovblog