Get Mystery Box with random crypto!

​​TO‘R — Tovarlarni o‘tkazishni rag‘batlantirish. TO‘R rekla | Hasanov kundaligi 📘

​​TO‘R — Tovarlarni o‘tkazishni rag‘batlantirish.

TO‘R reklamadan farqli ravishda mijozlarni aynan hozir xarid qilishga undovchi vositadir. Masalan, xaridorlar uchun kuponlar, maxsus chegirmalar, yutuqlar o‘ynalishi, mukofotlar shular jumlasidan.

Omad Shou, Boriga baraka singari o‘yinlar TO‘R ga yaqqol namuna bo‘la oladi.

TO‘R dan asosan qisqa muddatli sotuvlarda juda ko‘p foydalaniladi. Ammo yirik va mashhur brendlar bunday usulni unchalik afzal deb bilishmaydi. Bunga sabab bunday jalb qilish usuli arzon narxlar yoki mukofotlar izlab yuruvchi doimiy bo‘lmagan, qaysidir bitta savdo markasiga ixlos qo‘ymagan xaridorlarni jalb qiladi.

TO‘R ni endi biznes boshlaganlar ilk bor mijozlarni jalb qilish uchun foydalanishi samarali hisoblanadi.

"Zamonaviy marketing" kitobidan

telegram.me/hasanovblog