Get Mystery Box with random crypto!

Abdumutalov Hasanboy | Blog

Telegram kanalining logotibi hasanboyyyyy — Abdumutalov Hasanboy | Blog A
Telegram kanalining logotibi hasanboyyyyy — Abdumutalov Hasanboy | Blog
Kanal manzili: @hasanboyyyyy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 30

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-05-12 09:55:39
#kun_kitobi

«Alvido, qurol!» asari haqida:

Alvido, qurol! - Ernest Hemingwayning 1929-yilda nashr etilgan romani. Kitob Birinchi jahon urushi davridagi sevgi haqida hikoya qiladi. Roman asosan avtobiografikdir - Xeminguey Italiya frontida xizmat qilgan, jangda yaralangan va Milan kasalxonasida yotgan, u erda hamshiraga ko'ngil qo'ygan.

Ernest Hemingwayning «Alvido, qurol!» asarini o'qib chiqishni tavsiya etamiz!

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Telegram Facebook Instagram YouTube
11 views06:55
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:41:04
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlari o‘quvchilari uchun 9 nomda ilk o‘quv qo‘llanmalar chop etildi.

Bugun 11-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida mazkur o‘quv qo‘llanmalarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot taqdirlash marosimidan fotolavhalar.

Bizni kuzatib boring:
TELEGRAMM | INSTAGRAMM | FACEBOOK |WEB SAYT |
16 views13:41
Ochish/sharhlash
2023-05-11 06:30:26
11 май – Табиатни севиш куни

Ҳар йили 11 майда Табиатни севиш куни деб аталувчи байрам нишонланади. Бу кунда одамлар табиат қўйнига саёҳат қилишади, табиат гўзалликларидан баҳра олишади ва она табиатни асраб-авайлаш учун уни турли чиқиндилардан тозалашади.



@Hasanboyyyyy
16 views03:30
Ochish/sharhlash
2023-05-10 20:35:00
#Tanlov
#Art_day

Bugun, 10-may kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakultetida Art day loyihasi boʻyicha "Koinot goʻzalligi rassomlar nigohida" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi talabalari faol ishtirok etdi. Yakuniy baholash ishlarini fakultet Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari G.Raxmatullayeva, Tasviriy san'at va musiqa kafedrasi dotsenti S.Mirzayev, o'qituvchilar I.Boltaboyev, Sh.Botirova va fakultet tyutori B.Saidovlar olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 1-bosqich talabalari Solijonova Muxtasaroy 1-oʻrin, Aliyorova Tanzilla 2-o'rin, Abdulatibova Sevinchoy esa 3-o'rin sohibi deb topildi. Tanlov so‘ngida g‘oliblar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | @Ijtimoiy_fanlarsanat_jismoniy_m
17 views17:35
Ochish/sharhlash
2023-05-10 17:43:42
Maktab paytlar osh tanlovidan estalik 2021 yil

@Hasanboyyyyy
20 views14:43
Ochish/sharhlash
2023-05-10 17:07:58 Zamonaviy kasblarni o'rganish uchun 100 ta grant e'lon qilamiz!

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va qo'llab-quvvatlovi bilan dastlab vodiylik yoshlarni dasturlash va dizayn sohasini o'qitish maqsadida hamda «Najot Ta'lim» markazi Farg'ona viloyatida ilk filialini ochgani uchun 100 ta grant e'lon qiladi.

Ushbu grantda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar qatnashish huquqiga ega.

Grantni saralab olish imtihon (mantiqiy fikrlash va ingliz tili) va suhbat asosida bo'lib o'tadi. Eng yuqori ball to'plagan 100 nafar o'quvchi g'olib deb topiladi.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish

Batafsil
18 views14:07
Ochish/sharhlash
2023-05-02 17:56:52 #motivation

Menga yaqin kunlarda ko'pchilik ushbu gapni aytdi:

"30 yoshgacha noming uchun ishla va harakat qil, 30 yoshdan keyin esa noming sen uchun ishlaydi."

Harakatni hozir boshlang, kecha o'tib ketdi, ertaga kech bo'lishi mumkin.

Vazira Utanova
12 views14:56
Ochish/sharhlash
2023-05-02 17:10:21
Bugun Andijon viloyati Oltin Qanot yetakchisi Abdumutalov Xasanboy tomonidan tuman kordinatorlar va volontyorlar uchun Alisher Navoiy bogʻida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida volontyorlik haqida tushunchalar berilib oʻtildi. Hamda amalga oshiriladigon loyiha ishlari bilan tanishildi. Suhbat yuzasidan volontyorlarimiz o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.


BIR MANFAATDA EMAS, BIR MAQSAD YOʻLIDA BIRLASHAYLIK.

Telegram sahifalarimiz biz bilan birga boʻling.
https://t.me/OltinQanot_Andijon
11 views14:10
Ochish/sharhlash
2023-05-02 11:26:52
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайернинг таклифига биноан ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Федерального Президента Германии Франка-Вальтера Штайнмайера отбыл в эту страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
13 views08:26
Ochish/sharhlash
2023-05-02 05:45:09
#Diqqat! #Eʼlon!

Kutib oling! Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at fakulteti 9-may - "Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan fakultet talabalari oʻrtasida “Xotira - aziz, qadr - muqaddas!” shiori ostida videoroliklar, audioshe’rlar va rasmlar tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlovda talabalar ushbu sanaga boʻgʻliq boʻlgan va uni ifodalovchi videoroliklar (3 daqiqadan ortmagan), sheʼr va rasmlar bilan ishtirok etishlari mumkin. Ijodiy ishlar "Eng yaxshi videorolik", “Eng yaxshi ijro etilgan she’r” va “Eng yaxshi rasm” nominatsiyalari bo’yicha aniqlanadi. Gʻoliblar esa fakultet dekani D.Samatov tomonidan taqdirlanadi.

Eslatib o’tamiz, ijodiy ishlar 1-maydan 5-may sanasigacha ushbu @Akmaljonov_Akbarjon01 telegram manzili orqali fakultet yetakchisi Akmaljonov Akbarjon tomonidan qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot uchun quyidagi +998995113456 raqamga bogʻlanishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | @Ijtimoiy_fanlarsanat_jismoniy_m
13 views02:45
Ochish/sharhlash