Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat! #Eʼlon! Kutib oling! Ijtimoiy-gumanitar fanlar va | Abdumutalov Hasanboy | Blog

#Diqqat! #Eʼlon!

Kutib oling! Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at fakulteti 9-may - "Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan fakultet talabalari oʻrtasida “Xotira - aziz, qadr - muqaddas!” shiori ostida videoroliklar, audioshe’rlar va rasmlar tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlovda talabalar ushbu sanaga boʻgʻliq boʻlgan va uni ifodalovchi videoroliklar (3 daqiqadan ortmagan), sheʼr va rasmlar bilan ishtirok etishlari mumkin. Ijodiy ishlar "Eng yaxshi videorolik", “Eng yaxshi ijro etilgan she’r” va “Eng yaxshi rasm” nominatsiyalari bo’yicha aniqlanadi. Gʻoliblar esa fakultet dekani D.Samatov tomonidan taqdirlanadi.

Eslatib o’tamiz, ijodiy ishlar 1-maydan 5-may sanasigacha ushbu @Akmaljonov_Akbarjon01 telegram manzili orqali fakultet yetakchisi Akmaljonov Akbarjon tomonidan qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot uchun quyidagi +998995113456 raqamga bogʻlanishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | @Ijtimoiy_fanlarsanat_jismoniy_m