Get Mystery Box with random crypto!

#Tanlov #Art_day Bugun, 10-may kuni Ijtimoiy-gumanitar fanla | Abdumutalov Hasanboy | Blog

#Tanlov
#Art_day

Bugun, 10-may kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakultetida Art day loyihasi boʻyicha "Koinot goʻzalligi rassomlar nigohida" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi talabalari faol ishtirok etdi. Yakuniy baholash ishlarini fakultet Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari G.Raxmatullayeva, Tasviriy san'at va musiqa kafedrasi dotsenti S.Mirzayev, o'qituvchilar I.Boltaboyev, Sh.Botirova va fakultet tyutori B.Saidovlar olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 1-bosqich talabalari Solijonova Muxtasaroy 1-oʻrin, Aliyorova Tanzilla 2-o'rin, Abdulatibova Sevinchoy esa 3-o'rin sohibi deb topildi. Tanlov so‘ngida g‘oliblar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | @Ijtimoiy_fanlarsanat_jismoniy_m