Get Mystery Box with random crypto!

Zamonaviy kasblarni o'rganish uchun 100 ta grant e'lon qilamiz | Abdumutalov Hasanboy | Blog

Zamonaviy kasblarni o'rganish uchun 100 ta grant e'lon qilamiz!

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi va qo'llab-quvvatlovi bilan dastlab vodiylik yoshlarni dasturlash va dizayn sohasini o'qitish maqsadida hamda «Najot Ta'lim» markazi Farg'ona viloyatida ilk filialini ochgani uchun 100 ta grant e'lon qiladi.

Ushbu grantda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar qatnashish huquqiga ega.

Grantni saralab olish imtihon (mantiqiy fikrlash va ingliz tili) va suhbat asosida bo'lib o'tadi. Eng yuqori ball to'plagan 100 nafar o'quvchi g'olib deb topiladi.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish

Batafsil