Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.91K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 236

2022-01-04 13:33:29
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavr talabalariga 2022-yil 4-iyuldan 29-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

Fizika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika yoki shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1800 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 500 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 7-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
7.6K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-01-04 11:30:00
Clover Edu barchangizni kirib kelgan yangi yil chin yurakdan tabriklaydi!

Yangi yilda yangi marralar sari intilish, yangi orzular qilishdan to'xtamang!

Bularga erishishda sizga Clover Edu yordam beradi.

AQSH
Britaniya
Koreya
Latviya
Vengriya
Polsha
Singapue
Kipr
Turkiya kabi davlatlarda ta'lim olishingiz uchun kerakli xizmatlarni taklif qiladi.

Bakalavr & Magistratura
Work and Travel & Internship

Murojaat uchun:
@mardon_manager

+998900693334

Sizning ishonchingiz biz uchun muhim.
7.3K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-01-04 07:01:00
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Yozgi maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy.
– Tibbiy sugʻurta.
– 1400 yevro stipendiya.
– Jamoat transportidan bepul foydalanish.
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar.
– Yakuniy nutq gʻoliblariga pul mukofotlari.

Dasturga 30 nafar talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
10.0K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-01-03 16:01:00
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish 2023-yil yanvarda boshlanadi va toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2002 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (742 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1112 dollar).

Arizalar 2022-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
6.5K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-01-03 15:01:00
Milliy yoki xorijiy universitetning 2-kursiga imtihonlarsiz qabul qilinishni xohlaysizmi? Unda bayram kunlari Bahram Qurbanov bilan vodiyda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan bepul seminarlarda qatnashing!



Хотите без экзаменов поступить на 2-й курс национального или зарубежного вуза? Тогда примите участие в бесплатных семинарах с Бахрамом Гурбановым, которые пройдут в праздничные дни в долине!
7.1K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2022-01-03 12:53:10
Koreya: talabalar va tadqiqotchilar uchun Sejong Universitetida Kompyuter muhandisligi va xavfsizligi sohasida tadqiqot qilish va 100% scholarship bilan o'qish imkoniyati!

Siz Sejong Universitetida Computer and Information Security laboratoriyasida tadqiqot qilasiz va bir vaqtda M.S yoki PhDda o'qish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.

Talablar:
- IELTS 6.0
- Kompyuter Injeeringi & Muhandisligi yoki Aniq fanlar yo'nalishlarida kamida bakalavrlik darajasi.

Borligi yaxshi:
- dasturlashda tajriba
- tadqiqot qilishga va o'qishga ishtiyoq

Moddiy ta'minot:
- Oylik stipendiya: intervyu natijalariga ko'ra kelishiladi.
- Viza hujjatlari va turar joyga yordam beriladi.
- Tadqiqot uchun barcha texnik ta'minot (PC, Macbook Pro)

Rezyumelar 2022-yil 10-martgacha qabul qilinadi.

Rezyumelaringiz quyidagi emailga yuboring: kayumovabduaziz@gmail.com

@grantlar
9.4K viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2022-01-03 07:02:00
Estoniya: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yozgi maktab; turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!

Molekulyar va nazariy biologiya yozgi maktabiga maktabning 8-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki rus tilida topshiriladi. Qabul qilinganlar 2022-yil 2-18-avgust kunlari Estoniyadagi yozgi maktab mashgʻulotlarida qatnashadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.
– Viza olish xarajatlari qoplanadi.
– Borish va kelish xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/school-of-molecular-and-theoretical-biology/

@grantlar
19.9K views04:02
Ochish/sharhlash
2022-01-02 17:30:00
IELTS imtihoniga tayyorlanayotganlar diqqatiga!

Writingdan band 7.0+ hammaning orzusi bo’lsa kerak!
Ko’plab Module answerlarni ko’rgansiz,lekin 7.0+Essay o’zi qanday qilib 0dan boshlab yozilishiga Live tarzda guvoh bo’lmoqchimisiz
Ushbu yozilgan Essayni “o’zimizcha” baholamasdan haqiqiy IELTS Examiner tekshiradi desak-chi

1000lab insonlarga yordam berishga ulgurgan,O’zbekistondagi eng katta Online IELTS imtihoniga tayyorlaydigan UzSchool jamoasi sizni ERTAGA 20:30da bo’lib o’tadigan “Live Writing 7.0+” Webinarga taklif qiladi!

Bizni 16.000ga yaqin inson kuzatmoqda,tezroq UzSchool safiga qo’shilib Webinargacha - Chorshanba kuni bo’lib o’tgan “Reading 40/40 in 40 minutes” Webinarini ko’ring!
5.8K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-01-02 10:47:00
Audi Environmental Foundation Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!

Ushbu grant atrof-muhit va ekologiya sohasidagi 18-30 yoshli yetakchilarga Yaponiyadagi One Young World sammitida qatnashish imkonini beradi.

Jami 15 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 25-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/audi-environmental-foundation-scholarship-tokiodagi-4-kunlik-sammit-uchun-grant/

@grantlar
8.1K views07:47
Ochish/sharhlash
2022-01-02 10:01:00
Yevropada oliy ta’lim!

POLSHADA JOYLASHGAN Vistula va WSB universitetlariga bahorgi va kuzgi qabul ochildi!

Universitet to’loviga 100€ chegirma mavjud.

Davlat: Polsha
Shahar: Warszawa, Dabrowa Gornicza
Universitet: Vistula, WSB University
Dasturlar: Bakalavr, Magistratura
Kontrakt to’lovi: 2500€ yiliga
1398€ yiliga

Qulayliklar: Universitet talabalari Erasmus+ va Work and Travel dasturlarida ishtirok etishi mumkin!

DIQQAT: IELTS shart emas!

Qabul uchun AL-KHOREZM agentligi bilan onlayn intervyu qilinadi.

Hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun:
@alkhorezm1
8.1K views07:01
Ochish/sharhlash