Get Mystery Box with random crypto!

Estoniya: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yoz | Grantlar.uz

Estoniya: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yozgi maktab; turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!

Molekulyar va nazariy biologiya yozgi maktabiga maktabning 8-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki rus tilida topshiriladi. Qabul qilinganlar 2022-yil 2-18-avgust kunlari Estoniyadagi yozgi maktab mashgʻulotlarida qatnashadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.
– Viza olish xarajatlari qoplanadi.
– Borish va kelish xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/school-of-molecular-and-theoretical-biology/

@grantlar