Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.91K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 237

2022-01-02 07:02:00
Rossiyada 3 kunlik bepul qishki maktab: Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!

Rossiyadagi Oliy iqtisodiyot maktabi milliy tadqiqot universiteti 5-marta oʻtkazilayotgan qishki maktab 2022-yil 21-23-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.

Maktab mashgʻulotlari rus tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Moskvadan maktab binosiga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 16-yanvar, 22:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/rossiyada-3-kunlik-bepul-qishki-maktab-turar-joy-va-oziq-ovqat-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
10.1K views04:02
Ochish/sharhlash
2022-01-01 07:01:00
Santen tashkilotidan One Young World sammitida qatnashish uchun toʻliq grant!

Ushbu grant nogironlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki boʻyicha ish olib boradigan yosh yetakchilarga Yaponiyadagi One Young World sammitida qatnashish imkonini beradi.

Jami 3 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/santen-tashkilotidan-one-young-world-sammitida-qatnashish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
6.7K views04:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 18:22:48 E'tirof

Obunachilarinizdan biri Adxamjon Janobiddinov bu yili saytimiz va kanallarimizdagi manbalar asosida bir qancha grantlarni qo'lga kiritibdi. Va shu sababli o'z fikr-mulohazasini boshqalar bilan ham bo'lishishga qaror qildi.

Quyida Adxamjonning fikrlari keltirilgan:

"Men Janobiddinov Adxamjon TATU Samarqand filiali akademik litseyi o’quvchisiman.

Grantlar.uz sayti va kanalini kuzatgan holda ko’plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etdim va universititlarga hujjat topshirdim.

Misol uchun:

- Kanalda e’lon qilingan Buyuk Britaniyadagi yozgi maktab dasturi Immerse Education uchun 33% lik grantga ega bo’ldim.
- FLEX dasturida Semifinalist bo’ldim.
- EducationUSA College Prep Club'ga qabul qilindim va aynan shu dastur universitetlarga hujjat topshirishda katta yordam berdi.
- Grantlar.uz kanalida e’lon qilingan universititlar ichida Vermont University'ga 64 ming dollar, Illinois Wesleyan University'ga 128 ming dollar va eng muhimi College of Wooster'ga full scholarship - 208 ming dollar grant yutish nasib etdi.
- Hozirda kanalda e’lon qilingan Nizomiy Ganjaviy tavalludiga bag’ishlangan insholar tanlovi natijalarini kutmoqdaman.

Kanal haqida fikrim juda ham ijobiy, har bir grant dasturlar va tanlovlarning shartlari, talablari batafsil tushuntirilgan. Ba’zi postlarni original ingliz tilidagi holati bilan solishtirib ko’rganimda sayt/kanal qanchalik sifatli va ishonchli ma’lumot berishini anglaganman.

Grantlar.uz jamoasiga minnatdorchilik bildiraman va keyingi ijodlariga zafarlar tilab qolaman".

Adxamjon 2022-yildan boshlab College of Wooster oliygohida o'qishga qaror qilgan. Uning ushbu oliygohga topshirgan ayrim hujjatlarni bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Adxamjonning kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

@grantlar
5.3K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2021-12-30 07:01:00
#GoSkills: AQSH elchixonasi tomonidan Samarqandda 4 kunlik bepul trening!

#GoSkillz – bu netvorking, tovarlar va xizmatlarni onlayn reklama qilish uchun yangi koʻnikmalarni egallashga qaratilgan seminar-treningdir.

Trening uchun barcha ariza berishi mumkin.

Trening Samarqand shahrida, 2022-yil 18-21-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Samarqand shahridan boshqa yerdan boʻlgan ishtirokchilar uchun yoʻl va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Dastur yakunida sertifikat beriladi

Arizalar 2022-yil 8-yanvar, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/goskillz-samarqandda-4-kunlik-bepul-kurs/

@grantlar
9.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 06:01:00
2022-yil 28-yanvar Xalqaro İstanbul TÖMER Sertifikati imtihoni kuni

Endi siz Tömer Xalqaro imtihonini Turkiyaga bormasdan, O'zbekistonda topshirish imkoniyatiga egasiz!

Kerakli hujjatlar:
1. Pasport
2. Rasm 3x4
3. E-mail

Majburiyatlar:
15-yanvar 23:59gacha ro'yxatdan o'tish;
Imtihon kuni vaqtida yetib kelish;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelish

Qo’shimcha savollar va ro’yxatdan o’tish uchun yordamchi konsultant: @Tomer_teacher_consultant1
@Tomer_teacher_consultant2

Hurmat bilan “META-TA’LIM” jamoasi
8.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-12-29 06:01:00
Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichida oʻqish uchun 1000 yevro oylik stipendiya va bepul sugʻurta!

Belgiyadagi Ghent universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilar uchun Top-up grantlarini taklif etadi.

Har yili 10 nafargacha talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Toʻliq tarifdagi bepul sugʻurta.
– Kontrakt summasiga chegirma (5687 yevro emas, 947 yevro kontrakt toʻlanadi).

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qiliinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ghent-university-top-up-grants/

@grantlar
6.4K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-12-28 14:00:31
#natija #100 #ichki_imtihon

Abzalbek hech qanaqa TOPIKsiz va IELTSsiz Kyungsung Universiteti talabasi bo'lgani bilan tabriklaymiz.

Mana Kyungsung Universitetiga suhbat jarayonidan lavha. Natijalar ham e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz. Ajoyib yangilik, 100% gacha GRANT qabul 30-dekabrgacha ochiq!

Menda IELTS ham TOPIK ham yo'q, topshira olamanmi?
• Ha albatta topshira olasiz

Akademik talab:
• IELTS 5.5 yoki TOPIK 3
• IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 yo'qlar ham topshirish mumkin.

GRANT dasturi: Bakalavr

Bakalavr yo'nalishlari:
• Korean Track: Business Administration, Hotel & Tourism Management, Interior Architecture, Computer Science, Global Korean Studies, Electrical Engineering.
• English Track: Global Business Administration, Global Hospitality Management.


Registrasiya: 30-dekabrgacha.

Shoshiling joylar soni cheklangan!

Hujjat topshirish bo'yicha @discoveryadmin

Telegram kanal: @discovery_education

Discovery ishonchli hamkor: http://www.myurls.co/discovery
6.1K views11:00
Ochish/sharhlash
2021-12-28 12:40:55
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

54th World Gallery of Cartoons – Skopje 2022 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
6.6K views09:40
Ochish/sharhlash
2021-12-28 11:30:00
Vengriya - Budapesht

Budapesht joylashgan QS Top 600-700 universitetlarida grant asosida ta'lim olish imkoni.

Barcha sohalar uchun bakalavriat va magistratura talabalariga to'liq grant dasturi

Bepul yotoqxona
Oylik stipendiya 140$
Tibbiy sug'urta

Kerakli hujjatlar:
•Pasport
•IELTS 5.5
•Rasm
•Atestat yoki Diplom

Hoziroq hujjatlaringizni onlayn tarzda @shokhista_ceo yoki @mardongwu_manager ga yuboring.

Firma xizmati 5 mln so'm.

Qabul 30-dekabrgacha.
Joylar son juda ham oz qoldi.

Murojaat uchun:
+998900693334

Ha aytgancha! Siz bizning consulting orqali

USA • South Korea
Canada • Poland
Latvia • Turkey
Malaysia • Singapore
Sweden • Finland

Ushbu davlatlarda ta'lim olish imkonini qo'lga kiritishingiz mumkin.
7.0K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-12-28 10:03:48
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallaangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktab uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
8.2K views07:03
Ochish/sharhlash