Get Mystery Box with random crypto!

Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun A | Grantlar.uz

Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Yozgi maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy.
– Tibbiy sugʻurta.
– 1400 yevro stipendiya.
– Jamoat transportidan bepul foydalanish.
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar.
– Yakuniy nutq gʻoliblariga pul mukofotlari.

Dasturga 30 nafar talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar