Get Mystery Box with random crypto!

​ “Real” 5 futbolchidan tashqari istalgan oʻyinchisini sotishg | FUTGOL

“Real” 5 futbolchidan tashqari istalgan oʻyinchisini sotishga tayyor

Marca xabariga koʻra, faqat Tibo Kurtua, Karim Benzema, Fede Valverde, David Alaba va Vinisius Junior borasidagi takliflar qabul qilinmaydi. Qolgan barcha oʻyinchilar, shu jumladan Ferlan Mendi va Martin Edegorning ham klubdagi kelajagi soʻroq ostida turibdi.

Yaqinda Rafael Varanning “Man Yunayted”ga sotib yuborilgani, bunga yaqqol misol.

Shu bilan birga, madridliklarning xarid borasidagi rejalari oʻzgarmagan. Yagona maqsad — “PSJ” forvardi Kilian Mbappe. Qolgan transferlar “Real”ni qiziqtirmayapti.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!