Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekistan Football Association

Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association U
Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association
Kanal manzili: @fauzbekistan
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali
• Instagram.com/UzbekistanFA
• YouTube.com/UzbekistanFA
• Facebook.com/UzbekistanFA
• Twitter.com/UzbekistanFA
- www.ufa.uz

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-18 19:57:39 #LIVE

Eron 3:0 O'zbekiston

14ʼ | GOL!

t.me/FAUzbekistan
7.6K views16:57
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:52:32 #LIVE

Eron 2:0 O'zbekiston

11ʼ | GOL!

t.me/FAUzbekistan
7.5K views16:52
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:51:19 #LIVE

Eron 1:0 O'zbekiston

9ʼ | GOL!

t.me/FAUzbekistan
7.3K views16:51
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:45:51 https://youtube.com/live/sZ3Zu1GcYK0?feature=share
7.2K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:34:42 #LIVE

Eron 0:0 O'zbekiston

1' | Uchrashuv boshlandi!

t.me/FAUzbekistan
6.7K views16:34
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:32:26
O'FA va O‘zbekiston milliy antidoping agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun OʻFA hamda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan U20 terma jamoasi futbolchisi Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilindi. Kelgusida bu kabi holatlar ro‘y berishiga yo'l qo'ymaslik borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Barcha yoshdagi terma jamoalar, klublar va futbol akademiyalarida doping nazoratini yanada kuchaytirish, futbolchilar o‘rtasida taqiqlangan va zararli moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni targ'ib qilish muhimligi ta'kidlandi. Murabbiylar va tibbiyot xodimlarini ushbu yo'nalishda bilimlarini oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, yurtimiz ichki chempionatlarida xalqaro doping nazorati standartlarini qat‘iy joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar kop yillik hamkorlik memorandumini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

t.me/FAUzbekistan
6.8K views16:32
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:26:15 https://youtube.com/live/sZ3Zu1GcYK0?feature=share
7.4K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:58:39 Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida hududlarda ommaviy, professional hamda bolalar futbolini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Videoanjuman shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda OʻFA rahbariyati, hududiy futbol assotsiatsiyalar vitse-prezidentlari, assotsiatsiya tizimidagi masʼul mutaxassislar, akademiya rahbarlari hamda klublar vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga toʻxtalib oʻtib, mazkur hujjat barchaga katta masʼuliyat yuklashini taʼkidladi. Futbolning eng quyi qismidan to yuqori pogʻonalarigacha barcha yoʻnalishlarni qamrab olgan qarorning ijrosini ta'minlash, futbolni rivojlantirishning yangi tizimini ishga tushirishda barcha birdek faol va fidoyi boʻlishi shartligini qayd etdi.

Kun tartibiga koʻra, dastlab qarordan oʻrin olgan bir qator yoʻnalishlar, xususan, infratuzilma, hududiy bolalar ligalari, murabbiylar taʼlimi, maydonlar, hakamlar, ayollar futboli hamda media va marketing yoʻnalishi boʻyicha oldinda turgan vazifalar haqida maʼlumot berildi. Joylardagi futbol akademiyalari faoliyati, turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish koʻrsatkichlari tahliliy maʼlumotlar asosida muhokama etildi.

Bundan tashqari, bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirishda musobaqalarni doimiy oʻtkazib borish, bu borada bogʻcha — maktab — mahalla — oliygoh bosqichlarida “Charm toʻp”, “Mahallada futbol”, “Maktablar ligasi” va “Talabalar ligasi” kabi turnirlarni tizimli tashkil etib borish zarurligi aytildi.

BOʻSM va akademiyalarning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, murabbiylarning salohiyatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning toʻgʻri ovqatlanishi, farmakalogiyasi, hamda chet tillarini oʻrganishlari, sanitariya yuzasidan masʼullarga topshirilar berildi.

Hududlardagi mutasaddilar va yigʻilish ishtirokchilari yechimini kutib turgan bir qator masalalar hamda ayrim vazifalar yuzasidan oʻz takliflarini bildirib oʻtdilar. Uchrashuv yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha masʼullar belgilanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib borilishi maʼlum qilindi.

t.me/FAUzbekistan
13.3K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:58:39
Hududlarda bolalar-oʻsmirlar hamda ommaviy futboldagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi
11.0K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-17 20:43:45
Coca-Cola Superliganing 6-turdan o'rin olgan “Bunyodkor” — “Nasaf” (1:1) uchrashuvi tugagach ikki jamoa vakillari o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Hozirda O‘FA va O‘zPFL mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan mavjud videomateriallar hamda uchrashuv rasmiylari hisoboti o‘rganib chiqilmoqda.

Barcha ma‘lumot va materiallar tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etiladi. Aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘riladi.

t.me/FAUzbekistan
430 views17:43
Ochish/sharhlash