Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekistan Football Association

Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association U
Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association
Kanal manzili: @fauzbekistan
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.11K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali
• Instagram.com/UzbekistanFA
• YouTube.com/UzbekistanFA
• Facebook.com/UzbekistanFA
• Twitter.com/UzbekistanFA
- www.ufa.uz

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-18 15:58:39 Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida hududlarda ommaviy, professional hamda bolalar futbolini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Videoanjuman shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda OʻFA rahbariyati, hududiy futbol assotsiatsiyalar vitse-prezidentlari, assotsiatsiya tizimidagi masʼul mutaxassislar, akademiya rahbarlari hamda klublar vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga toʻxtalib oʻtib, mazkur hujjat barchaga katta masʼuliyat yuklashini taʼkidladi. Futbolning eng quyi qismidan to yuqori pogʻonalarigacha barcha yoʻnalishlarni qamrab olgan qarorning ijrosini ta'minlash, futbolni rivojlantirishning yangi tizimini ishga tushirishda barcha birdek faol va fidoyi boʻlishi shartligini qayd etdi.

Kun tartibiga koʻra, dastlab qarordan oʻrin olgan bir qator yoʻnalishlar, xususan, infratuzilma, hududiy bolalar ligalari, murabbiylar taʼlimi, maydonlar, hakamlar, ayollar futboli hamda media va marketing yoʻnalishi boʻyicha oldinda turgan vazifalar haqida maʼlumot berildi. Joylardagi futbol akademiyalari faoliyati, turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish koʻrsatkichlari tahliliy maʼlumotlar asosida muhokama etildi.

Bundan tashqari, bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirishda musobaqalarni doimiy oʻtkazib borish, bu borada bogʻcha — maktab — mahalla — oliygoh bosqichlarida “Charm toʻp”, “Mahallada futbol”, “Maktablar ligasi” va “Talabalar ligasi” kabi turnirlarni tizimli tashkil etib borish zarurligi aytildi.

BOʻSM va akademiyalarning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, murabbiylarning salohiyatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning toʻgʻri ovqatlanishi, farmakalogiyasi, hamda chet tillarini oʻrganishlari, sanitariya yuzasidan masʼullarga topshirilar berildi.

Hududlardagi mutasaddilar va yigʻilish ishtirokchilari yechimini kutib turgan bir qator masalalar hamda ayrim vazifalar yuzasidan oʻz takliflarini bildirib oʻtdilar. Uchrashuv yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha masʼullar belgilanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib borilishi maʼlum qilindi.

t.me/FAUzbekistan
13.3K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:58:39
Hududlarda bolalar-oʻsmirlar hamda ommaviy futboldagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi
11.0K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-17 20:43:45
Coca-Cola Superliganing 6-turdan o'rin olgan “Bunyodkor” — “Nasaf” (1:1) uchrashuvi tugagach ikki jamoa vakillari o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Hozirda O‘FA va O‘zPFL mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan mavjud videomateriallar hamda uchrashuv rasmiylari hisoboti o‘rganib chiqilmoqda.

Barcha ma‘lumot va materiallar tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etiladi. Aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘riladi.

t.me/FAUzbekistan
430 views17:43
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:52:57
Oliy liga. 1-tur uchrashuvlari start oldi. Bugungi bellashuvlardan so'ng musobaqa jadvali yuqoridagi ko‘rinishda

@ayollar_futboli
3.0K views14:52
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:36:19
Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari — www.UFA.uz

BATAFSIL

t.me/FAUzbekistan
3.6K views14:36
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:23:14 U-20 terma jamoamiz a‘zosi Shahriyor Jabborov bo‘yicha ma'lumot

Osiyo futbol konfederatsiyasi yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda terma jamoamizning bir nafar futbolchisi - Shahriyor Jabborovda ta’qiqlangan modda aniqlangan. Ushu tekshuriv “A”, ya‘ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng “B” qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakuniy qaror chiqariladi.

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligida mazkur holatni to‘liq o‘rganib chiqish yuzasidan ichki tekshiruv boshlangan. Unda futbolchi, tibbiy qo'mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etishmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste‘mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.

Shuni ta'kidlash kerak, turnir davomida O'zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tgan va hech kimda ta'qiqlangan vositalar aniqlanmagan.

Tekshiruv natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali e‘lon qilinadi.

t.me/FAUzbekistan
3.8K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:16:59
Oʻzbekiston - Eron uchrashuvida kiritilgan gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling

t.me/FAUzbekistan
7.6K views09:16
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:26:01
Oʻzbekiston - Eron uchrashuvidan fotogalereya

t.me/FAUzbekistan
5.5K views08:26
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:23:12
Ayollar Oliy Ligasi. 1-tur bahslarini YouTube orqali jonli efirda tomosha qiling:

15:00
“Metallurg-W” “Buxoro-W”
jonli efir

16:00
“Paxtakor-W” “So'gdiyona-W”
jonli efir

16:30
“Qizilqum-W” “AGMK-W”
jonli efir

17:00
“Sevinch” “Neftchi-W”
jonli efir

@ayollar_futboli
4.7K views08:23
Ochish/sharhlash
2023-04-17 09:06:20
Toshkent shahrida OFKning “A” va “B” litsenziyasi boʻyicha bilimlarni yangilash kurslariga start berildi.

Oʻquv jarayonini instruktor Shamil Iseyev olib bormoqda. Mazkur kursda jami 12 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.

t.me/FAUzbekistan
5.6K views06:06
Ochish/sharhlash