Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekistan Football Association

Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association U
Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association
Kanal manzili: @fauzbekistan
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali
• Instagram.com/UzbekistanFA
• YouTube.com/UzbekistanFA
• Facebook.com/UzbekistanFA
• Twitter.com/UzbekistanFA
- www.ufa.uz

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-05-18 21:58:31
Futzal 2-Liga | Respublika turniri

uchrashuvlaridan fotogalereya

t.me/IkkinchiLiga_UFA
4.1K views18:58
Ochish/sharhlash
2023-05-11 07:30:36 BUGUN QURʼA

Bugun Osiyo kubogining final bosqichiga qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Qatarning Doha shahrida onlayn tarzda o'tkaziladi.

Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta savatchaga ajratilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin oldi.

Qur’a savatchalari:

1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni)
Yaponiya
Eron
Janubiy Koreya
Avstraliya
Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Iroq
BAA
Ummon
O‘zbekiston
Xitoy
Iordaniya

3-savatcha
Bahrayn
Suriya
Falastin
Vyetnam
Qirg‘iz R.
Livan

4-savatcha
Hindiston
Tojikiston
Tailand
Malayziya
Gonkong
Indoneziya

Eslatib oʻtamiz, qitʼa birinchiligi uchun kurash 2024-yilning 12-yanvaridan 10-fevraligacha boʻlib oʻtadi.

t.me/FAUzbekistan
884 views04:30
Ochish/sharhlash
2023-05-11 06:02:04
Andijon viloyati futbol akademiyasi OAV nigohida.

Andijon TRK

Obuna bo'ling
Instagram YouTube Telegram
2.5K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-05-11 02:57:41
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Urugvaydagi dastlabki mashgʻulotlarini oʻtkazdi

t.me/FAUzbekistan
4.5K views23:57
Ochish/sharhlash
2023-05-10 19:43:46
Joriy yilning 27-29-aprel kunlari FIFA, OʻFA hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorlikda “Football for schools” dasturi doirasida seminar mashgʻulotlari tashkil etilgan edi.

Yakuniga yetgan seminarlar natijalariga ko‘ra FIFAning “Football for schools” dasturiga mamlakatimizdagi 512 ta umumta’lim maktablari tanlab olindi. Mazkur dastur orqali maktablardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari va murrabiylar “Football for schools” maxsus ilovasi yordamida mashgʻulotlarga futbol to'garaklarini kiritishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu ilova bolalarga futbol tushunchalarini bosqichma-bosqich berib borish bo‘yicha murabbiylar uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi. Ilovada bolalar uchun mashqlar va misollar ko'rsatib o'tilgan. Mazkur ilovadan barcha murrabiy va oqituvchilar foydalanishi mumkin:

Yuklab olish uchun:

Google Play

Appstore

Batafsil ma'lumot:
t.me/Football_For_Schools

t.me/FAUzbekistan
6.9K views16:43
Ochish/sharhlash
2023-05-10 19:02:11
Bugun viloyatimizda “Maktablarda futbol” dasturi doirasida O‘FA mutaxassislari va Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktabda futbol musobaqasining viloyatimizda yuqori saviyada, maktablarda yosh iqtidorlarni jalb qilish bo‘yicha yaratilayotgan shart sharoitlar e’tirof qilinib kelgusida maxsus futbol sinflarini shakillantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek O‘FA mutaxassislari viloyat futbol akademiyasi ish tizimi bilan tanishib xodimlar bilan akademiya kelajagi uchun qilinadigan ishlar rejasi bo‘yicha suxbatlashib va akademiyaning ish faoliyati uchun kerakli tavsiyalarini berib o‘tishdi.

https://t.me/KhorezmFootballAssociation
5.4K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-04-29 22:28:40

2.3K views19:28
Ochish/sharhlash
2023-04-29 21:36:42
Qozogʻiston kubogi. “Ordabasi” sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Shahboz Umarov “Maktaaral” darvozasiga gol kiritdi.

“Maktaaral” 1:4 “Ordabasi”

#BizningLegionerlar

t.me/FAUzbekistan
3.7K views18:36
Ochish/sharhlash
2023-04-29 20:28:40 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida Coca-Cola Superliga va Pro-ligada faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida oʻtgan tur uchrashuvlari yakunlariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi. Unda OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi vakillari, FIFA instruktorlari, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi.

Seminarni OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Irmatov tanqidiy ruhda ochib berdi va oʻz nutqi davomida mamlakatimizda futbol rivojlanayotgani, shu bilan birgalikda, uning rivojlanishida hakamlik alohida oʻrin tutishi, hakamlar bir vaqtning oʻzida mamlakat futbolining ham yuzi ekanligi, shu sababli hakamlardan har oʻyinga yuqori tayyorgarlik koʻrish kerakligi va har bir hakam muntazam ravishda oʻz ishiga nisbatan professional va jiddiy yondashishi lozimligiga urgʻu berdi.

“Hakamlarimizning saviyasi futbolimizning rivojlanishiga taʼsir oʻtkazadi. Ular yoʻl qoʻyayotgan xatolar jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Avval ham koʻp taʼkidlaganmiz — sifatli hakamliksiz sifatli futbolga erisha olmaymiz. Sizlarning zimmangizda katta masʼuliyat bor”, dedi Ravshan Irmatov.

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida joriy yilgi Superliga bahslarida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Baʼzi xatolar koʻrsatib oʻtilib, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi oʻyinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yakkakurashlar vaqtidagi keskin vaziyatlarni oʻrganish, jarima maydonchasi ichidagi qoida buzilishlari, oʻyindan tashqari holatlar, qoidabuzarliklar darajasini aniqlash va shunga koʻra jazo turlarini belgilash borasida tahliliy fikrlar aytildi.

t.me/FAUzbekistan
4.8K views17:28
Ochish/sharhlash
2023-04-29 20:28:40
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Coca-Cola Superliga va Pro-liga hakamlari uchun seminar boʻlib oʻtdi
4.3K views17:28
Ochish/sharhlash