Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekistan Football Association

Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association U
Telegram kanalining logotibi fauzbekistan — Uzbekistan Football Association
Kanal manzili: @fauzbekistan
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali
• Instagram.com/UzbekistanFA
• YouTube.com/UzbekistanFA
• Facebook.com/UzbekistanFA
• Twitter.com/UzbekistanFA
- www.ufa.uz

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 122

2022-08-30 18:08:24
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ko‘plab o‘zbekistonliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib oʻtdi.

Xususan, davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzega “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvonini topshirdi.

t.me/FAUzbekistan
7.4K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:01:56 Oʻzbekiston U-18 terma jamoasining boshlangʻich tarkibi:
1 Umar Rustamov
2 Muhammadali Zohidov
3 Abdulloh Omonaliyev
4 Narimonjon Ahmadjonov
5 Roʻzim Fayzullayev
6 Ravshan Hayrullayev
7 Saidumarxon Saidnurullayev
8 Abduazim Ortikov
9 Nurlan Ibraimov
10 Abdugafur Haydarov
11 Murod Komilov

Zaxirdagilar: Samandar Muratbayev, Abubakir Rejabboyev, Zayniddin Hamraboyev, Alisher Moʻminov, Meyirbek Tejabaliyev, Iskandar Soliyev, Shahzod Imamov



4.3K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:41:53
Bilasiz, yurtimiz 2023-yilning mart oyida 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Unda Osiyoning eng kuchli jamoalari qitʼa birinchiligi va Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi.

Oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ham mezbon sifatida mazkur musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoamiz rejaga muvofiq musobaqaga qadar bir nechta yigʻinlar oʻtkazishi, xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10-18-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-20 Osiyo kubogiga saralash oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Vakillarimiz Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanma va Maldiv yoshlar terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan boʻlib, jamoamizning bu bosqichdagi ishtiroki ramziy hisoblanadi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 7-11-sentyabr kunlari xalqaro turnir doirasida Urugvay, Argentina va Braziliya yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, jamoa 24-27-sentyabr kunlari Toshkentda Jahon chempionati ishtirokchisi — Slovakiya yoshlar terma jamoasiga oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashadi.

Shu sababli Saudiya Arabistonidagi U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasining ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda. Bu orqali Farhod Nishonov shogirdlarining xalqaro tajribalarini yanada orttirish va ularni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlab borish maqsad qilingan.

Dammam shahrida boʻlib oʻtadigan yigʻindan avval Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi BAA U-19 terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etadi. Uchrashuv 6-sentyabr kuni Dubayda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

t.me/FAUzbekistan
5.1K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:14:07
Oʻyin kuni

Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi. U-18
Chernogoriya — Oʻzbekiston
30.08.2022
21:00
“Chernogoriya FA” maydoni. Podgoritsa





t.me/FAUzbekistan
4.2K views11:14
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:03:55
Bizning legionerlar | Azizbek Amonov

Eron chempionati 5-tur

“Naft Mis” — "Istiqlol”
30.08.2022
21:00 (Toshkent v.b.)
“Benam” stadioni

t.me/FAUzbekistan
4.3K views11:03
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:04:42
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bugundan navbatdagi yigʻinga kirishadi. Toshkentdagi mashgʻulotlar 1-sentyabrga qadar davom etadi. Shundan keyin jamoamiz “Maldonado cup”da ishtirok etish uchun Urugvayga joʻnab ketadi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.

t.me/FAUzbekistan
1.7K viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:01:33
Bizning legionerlar | Sherzod Temirov

Eron chempionati 5-tur

“Paykan” — "Nasaji Mazandaran”
30.08.2022
19:30 (Toshkent v.b)
“Pass Gavamin" stadioni

t.me/FAUzbekistan
1.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:04:01
Bizning legionerlar | Sardor Rashidov

Qatar chempionati 5-tur

“Umm-Salal” — “Al-Rayyan”
30.08.2022
19:10 (Toshkent v.b.)
“Al Rayyan” stadioni

t.me/FAUzbekistan
2.4K views09:04
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:35:47
Yangilangan taqvim

16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatining 2-davra yangilangan taqvimi. Birinchi liga uchrashuvlari sabab, U-16 turniri vaqtlariga biroz oʻzgartirish kiritildi.

t.me/FAUzbekistan
3.7K views05:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:13:17
Joriy yilning 27-avgustidan Navoiy viloyatida OFA "C" litsenziyasi boʻyicha oʻquv kurslariga start berildi.

Kursda instruktor vazifasini Z.Xasanov bajarmoqda. Darslarda 19 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.


t.me/FAUzbekistan
t.me/navoiregionfootballassociation
3.7K views04:13
Ochish/sharhlash