Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 27-29-aprel kunlari FIFA, OʻFA hamda Oʻzbekiston | Uzbekistan Football Association

Joriy yilning 27-29-aprel kunlari FIFA, OʻFA hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorlikda “Football for schools” dasturi doirasida seminar mashgʻulotlari tashkil etilgan edi.

Yakuniga yetgan seminarlar natijalariga ko‘ra FIFAning “Football for schools” dasturiga mamlakatimizdagi 512 ta umumta’lim maktablari tanlab olindi. Mazkur dastur orqali maktablardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari va murrabiylar “Football for schools” maxsus ilovasi yordamida mashgʻulotlarga futbol to'garaklarini kiritishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu ilova bolalarga futbol tushunchalarini bosqichma-bosqich berib borish bo‘yicha murabbiylar uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi. Ilovada bolalar uchun mashqlar va misollar ko'rsatib o'tilgan. Mazkur ilovadan barcha murrabiy va oqituvchilar foydalanishi mumkin:

Yuklab olish uchun:

Google Play

Appstore

Batafsil ma'lumot:
t.me/Football_For_Schools

t.me/FAUzbekistan