Get Mystery Box with random crypto!

#Mehrga_oshufta_tadbir Farg‘ona davlat universiteti San'ats | Farg'ona davlat universiteti

#Mehrga_oshufta_tadbir

Farg‘ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqa yo'nalishi talabalari 3-dekabr mehrga yo‘g‘rilgan kun munosabati bilan tyutorlari va fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Yuldashevalar hamrohligida "Alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 86-sonli maktab-internati"ga borishdi.
U yerda talabalar o‘zlari tayyorlagan dasturlari hamda o‘yinchoq sovg'alari bilan bolajonlarga olam olam quvonch baxsh etishdi.