Get Mystery Box with random crypto!

Toifa sertifikatlarini tarqatish boshlandi! Joriy yilning 29 | English Teachers

Toifa sertifikatlarini tarqatish boshlandi!

Joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent shahridagi ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning attestasiya natijalari e'lon qilindi. Natijalarga ko'ra,
725 nafar pedagoglarga Oliy malaka toifasi,
2446 nafar pedagoglarga Birinchi malaka toifasi,
4621 nafar pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi,
1051 nafar pedagoglarga mutaxassis malaka toifasini berish to'g'risida, shuningdek 975 nafar pedagoglarga nisbatan esa mutaxassis lavozimiga muvofiq emasligi to'g'risida qaror qabul qilindi.
2419 nafar pedagoglar navbatdan tashqari attestasiyada past ball olganligi sababli ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmadi.

Shu bilan birgalikda attestasiya natijalariga ko'ra Oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarning sertifikatlari shaxsiy kabinetlariga yuborildi.

Tez orada qolgan hududlar bo'yicha ham natijalar e'lon qilinadi!

@englishteachers_uz