Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 18

2022-09-22 08:20:20
Quydagi bakalavriat kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish muddati 3 yil etib belgilangan.

— Musiqa taʼlimi
— Jismoniy madaniyat
— Texnologik taʼlim
— Chaqiriqgacha harbiy taʼlim
— Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
— Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport
— Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
19.8K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-09-22 08:04:10
O'zbekiston Unversitetlariga Imtihonsiz talaba bo'ling.

BIZDA TIBBIYOT YONALISHI MAVJUD

Qo'ng'iroq qiling va Talaba bo'ling.

Al-Buxoriy
Alfraganus
TMC
PROFI
FAN va TEXNOLOGIYALAR
Navoiy inovatsion instituti
Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti


Bizning Firma orqali o'qishga topshirsangiz
- Barcha yo'nalishlar mavjud.
- 365 Kun davomida Bepul konsultatsiya.
- Qulay Narxlar.
- Qonuniy shartnoma.

Perevodchilar uchun maxsus chegirmalarimiz bor ( 2 - 3 Kurslar uchun )

O'ylanib o'tirishga vaqt yo'q Hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Murojaat uchun:
+998908248004 | Online Murojaat
+998910092099 | Online murojaat
+998910016166 | Online Murojaat
+998908291404 | Online Murojaat
+998909099031 | Online Murojaat
+998994686099 | Online murojaat
19.9K views05:04
Ochish/sharhlash
2022-09-21 16:45:31 ​​#Qabul2022 #Statistika
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 46 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 542 858 nafar (47,34 %) ni;
ayollar — 603 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

102 441 nafari (53,8 %)erkaklar;
87 934 nafari (46,2 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 114,98 ballni;
ayollarda — 127,21 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 90,92 ballni;
ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

“Tillar(85,11 %) va “Ta’lim” (74,49 %) sohalariga ayollar;
“Transport xizmatlari(94,53 %) hamda “Arxitektura va qurilish” (87,1 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
20.6K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-09-21 09:05:44 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!

Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

Batafsil ma'lumot

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
20.6K views06:05
Ochish/sharhlash
2022-09-20 14:53:25 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Daryo” nashriga bergan intervyusida jamiyatdagi tanish-bilishchilik illati to‘g‘risida gapiribdi.

Bizdagi eng yomon illatlardan biri – tanish-bilishchilik. Masalan, falonchani o‘g‘li yoki qizi deyilsa, baho qo‘yib beramiz. Bu haligacha bor. Aytish kerakki, bu jamiyatni buzadigan ishlardan bittasi. Nafaqat tanish-bilishchilik, balki mentalitetimizga singib ketgan ko‘plab illatlarni yo‘qotish juda og‘ir deb o‘ylayman. Urf-odatimiz shunaqaki, birovni oshiga boramiz yoki mehmoni bo‘lamiz, keyin farzandini bahosini qo‘yib bermasa, u xafa bo‘ladi.

Afsus, bizda shunday odat shakllanib qolgan. Chet elda birov boshqanikiga mehmonga bormaydi. Agar borsa ham yegan narsasiga o‘zi yonidan pul to‘laydi. Biz yeb qo‘ygandan keyin tilimiz qisiq bo‘ladi”, degan Qo‘ng‘irotboy Sharipov.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
21.2K views11:53
Ochish/sharhlash
2022-09-20 09:28:42
“Al-Azhar” universiteti tibbiyot fakulteti talabalaridan qasamyodi.

Bu Gippokrad qasami emas, bandani Xaqni oldidagi qasami

Maʼnosi aʼlo darajada. Alloh taolo bu maʼnolarni haqiqatga aylantirsin!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
21.5K views06:28
Ochish/sharhlash
2022-09-19 08:26:14 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
29.0K views05:26
Ochish/sharhlash
2022-09-18 11:50:01
Super-kontraktda o‘qish imkoniyatlari yana ham kengaytirildi

O‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga bali yetmay, boshqa yo‘nalishga o‘qishga kirganlar, imtihondan butkul yiqilganlar va o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun super-kontrakt bo‘yicha yangi eshiklar ochildi. Arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Tafsilotlar bilan ushbu lavhada tanishing.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
27.6K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-09-18 11:21:41 "Diplomi Oʻzbekistonda oʻtadimi?"

Bugungi kunda 34 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 34 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda o'tadi (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
27.9K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-09-18 08:17:15 SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

1 ballgacha yetmaganda
— 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Ariza yozishning oxirgi muddati 1-oktabr.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
26.9K viewsedited  05:17
Ochish/sharhlash