Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari e’lon qilindi 2 | Davlat test markazi

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari e’lon qilindi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy _(ijodiy)_ imtihonlar o‘tkaziladi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

1-bosqich (yozma qismi)tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2-bosqichgapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi